Get Mystery Box with random crypto!

Turmush oʻrtogʻingiz sizdan sovusa... Baʼzan ayol kishi turm | Sevimli ayollar


Turmush oʻrtogʻingiz sizdan sovusa...

Baʼzan ayol kishi turmush oʻrtogʻi uni ilgarigidek sevmasligini yoxud oʻrtalaridagi masofa ancha uzoqlashib, munosabatlari chigallashganini his qiladi. Sizlarga quyida erning ayoliga befarqligiga dalolat qiladigan omillarni keltirib o'tamiz:

Zerikish
Ushbu holat er-xotin oʻrtasida boʻladigan iliq aloqalarda koʻzga tashlanadi. Misol uchun turmush oʻrtogʻingiz siz bilan uzoq oʻtirishni, suhbatlashishni istamasligi yoki yonginangizda oʻtirsa ham, gaplaringizga ahamiyat qilmasligi mumkin. Shuning uchun baʼzida sukut saqlaganingiz afzal. Baʼzi erkaklar esa ayollariga ular bilan oʻtirishdan yoki ular bilan yashashdan zerikkanlarni ochiq aytadilar.

Beeʼtiborlik
Erning ayoliga  baʼzi bayramlarda hadya bermasligi, ayoli koʻchaga chiqib, uzoq qolib ketsa ham, undan xavotir olmasligi uning turmush oʻrtogʻiga befarqligiga dalolat qiladi. Albatta, ilk turmush qurgan vaqtlaridan tabiati shunday boʻlgan erkaklar bundan mustasno. Shuningdek, kiyimlaringiz yoki tashqi koʻrinishingizga ahamiyat qilmasligi, hozirlagan taomlaringizga eʼtibor bermasligi ham shular jumlasidandir. Turmush oʻrtogʻingiz siz bilan oʻtirganida televizorga butun eʼtiborini qaratishi, elektronik oʻyinlar oʻynashi yoki har xil gazeta-jurnallar oʻqish bilan mashgʻul boʻlishi erning ayolidan qochishining yoʻllaridandir.

Tanqid qilish
Erning ayolini koʻp tergashi, arzimas narsalarni katta deb hisoblashi, xalq tilida aytganda, “pashshadan fil yasashi” uning  his-tuygʻulari salbiy tomonga oʻzgarganiga dalolat qiladi. Agar turmush oʻrtogʻingiz har safar sizni koʻrganida urushsa yoki haqoratlasa, sizni behurmat qilib, tuygʻularingizni jarohatlagan vaqtida oʻzingiz bilan eringiz oʻrtasida masofa saqlang

MA'SHUQANING SIRLARI
AYOLLAR UCHUN KANAL