Get Mystery Box with random crypto!

​#ONAMGA_20_MING Mardikor 'Hovlida ozgina ish bor edi, vaq | "СОГЛОМ ОИЛА ПСИХОЛОГИЯСИ"

#ONAMGA_20_MING

Mardikor

"Hovlida ozgina ish bor edi, vaqt topolmay mardi kor olib keladigan boʻldim. Ular toʻplanadigan joyga borib mashinani toʻxtatgandim, 20-30 tasi birdan yopirildi.

Kuniga sakson mingdan chiqaman, nima ish boʻlsayam qilaveraman, dedi bir yigit.
Uning koʻzlaridagi qandaydir mung meni faqat shu yigitni olib ketishga undadi.

Odamzot qiziq, oʻzi 100 minglarni chamalab kelayotgan edim. Shunday boʻlsa-da, tortishdim:
— 60 ming beraman, gap tamom!

U bir muddat jim turdi-yu mashinaga oʻtirdi.
Uyga kelib kiyimlarini almashtirdi-da, ishni boshladi.

Yarim soatlar oʻtgach bonkada sovuq choy olib, uning kiyimlari yoniga qoʻyayotganimda bir yozuv daftarchasiga koʻzim tushdi.

Husnixatning chiroyliligi eʼtiborimni tortdi. Unda "20.07.20. Ishim yaxshi boʻlsa, oyimga 20 ming, singlimga 20 ming, uyga 20 ming, mayda-chuydaga 20 ming deb" yozilgan.

Lekin negadir “uyga 20 ming” degan yozuv ustiga chiziq tortilgan.

Demak, bu kela kelguncha mendan oladigan pulini hisob-kitob qilgan. 60 mingga koʻnmasa, ishsiz qolishini oʻylab, aytganimga rozi boʻlgan. Keyin oladigan pulining uyga ishlatadigan qismini oʻchirgan.

Odamlar bor, jaraq-jaraq pul topadi, ammo singlisi yo opasi tugul tuqqan onasini ham bir yoʻqlamaydi.

Akalik, ukalik, farzandlik burchini unutib qoʻygan baʼzilar esa davralarda hech kimga gap bermaydi, lekin surishtirsang nechta aka-ukasi borligini, oxirgi marotaba qachon dildan suhbat qilganini ham esidan chiqargan boʻladi.

Shular haqida oʻylarkanman, halol mehnati bilan topadigan puli arzimas boʻlsa ham oqibatni unutmagan mardikor yigitga qoyil qoldim.

Qoyil qolish bilan qorin toʻyarmidi?

Ishni tugatgach, ukamizga juda yaxshi ishladingiz, hovlimni gulday qilib qoʻydingiz, rahmat, deb ikki hissa pul berdim. U avvaliga unamadi.

Endi faqat sizni opkelaman, qoʻlingiz gul ekan, deganimdan soʻng rozi boʻldi, chehrasidagi mung tarqaganday boʻldi. Va duo qildi.


Qalbi sof, halol, sodda odamlarning bunday duolaridan keyin yayrab yashaysan..."

Maqsud Jonixonov.

@соглом оила психологияси


Психолог Зулфияхон Абдуллаевна
+998905504821

https://t.me/joinchat/SgfQEIAtNk1G266H