Get Mystery Box with random crypto!

​​Shivitdan qilingan choy - yaxshi uhlashga yordam beradi. S | Sog'lik maktabi

​​Shivitdan qilingan choy - yaxshi uhlashga yordam beradi.

Shivit (ukrop) ko’plab foydali xususiyatlarga ega, ular orasida uyqusizlikka qarshi kurashish xususiyati ham mavjud. Choy retsepti: 1 osh qoshiq maydalangan o’t bir stakan qaynoq suvda damlanadi va taxminan ikki soat davomida tindiriladi. Agar yangi uzilgan shivit bo’lmasa, uning 2 choy qoshiq maydalangan urug’laridan foydalanish ham mumkin. Ovqatdan oldin kuniga 3 marta yarim stakandan va kechqurun 1 stakan ichish kerak.

Shivitda zo’riqishni bartaraf etadigan va yaxshi uxlashga yordam beradigan efir moylari mavjud. Bundan tashqari, shivitli tindirma ishtahani yaxshilaydi va gipertonik kasallikning boshlang’ich bosqichida yordam beradi, damlangan shivit urug’lari esa yaxshi balg’am ko’chiruvchi va yel haydovchi vosita hisoblanadi.

@soglikmaktabi канали


Обуна бўлинг
https://t.me/joinchat/V5RV6r_mtCZ0a4l2