Get Mystery Box with random crypto!

Bir marta qo'ng'iroq qilsaydi, balki... Bir marta gaplashsam, | Sog'ιnchlαrdα

Bir marta qo'ng'iroq qilsaydi, balki...
Bir marta gaplashsam, holin so'rasam.
Men uni,
Hamon sevishim aytib,
Hamon,
yana qayta,
dildan qulasam.

Bir marta qo'ng'iroq qilsaydi, balki...
Sukutin armug'on etsa, eshitsam.
Keyin kelmas edim,
ishqqa qaytib.
Keyin ketar edim,
ketardim,
mulzam.

Bir marta qo'ng'iroq qilsaydi, balki...
Qo'ng'iroq qilmasa balki, yaxshiroq...
Taqdiri tartibli,
ko'ngilchan,
daydi
Nega seni o'ylar,
begona o'rtoq?!