Get Mystery Box with random crypto!

BOLANGNI KO‘RGANI QURSIN... Ona tog‘dek bardoshinga egaman bo | 🌼𝕊𝕆𝔾ʻ𝕀ℕℂℍ🌼. ️ 🌿🌿 🌿🌿🌿 🌿 🌿🔴🌿 🌿🌿🌿🌿🌿

BOLANGNI KO‘RGANI QURSIN...

Ona tog‘dek bardoshinga egaman boshim
Sabring qarshisida cho‘kkalayman tiz
Bolang bo‘lib senga nima beroldim
Sen mehr ko‘rgazding
Menchi achchiq so‘z.
O‘zimda xatolar
o‘zimda gunoh
Seni so‘roqlayman
Qalbing o‘ksitib
Faqat
Ko‘z yoshlarni hadya etoldim
Yana nima deyin ko‘ksimni kerib .
Ketsam kutasan kelgunimcha zor .
Kelsam ham nima naf berganim ozor
Beshafqat qizingda shirin so‘z qayda
Unda nolishlaru arazlar bisyor.
Ko‘nglimni o‘ksitgan ko‘ngillelar ko‘p
Ranjisam ulardan ranjidim to‘g‘ri
Lekin bu og‘riqda sening aybing yo‘q
Sendan arazlashim albat noto‘g‘ri.
Qadoq qo‘llaringni qlatiratgan men
Sochingdag oqqa sababchi o‘zim
Yuzingdagi chiziq chuqirida men.
Bugun odam bo‘ldim o‘zimcha o‘zim.
Shuncha avayladeng siyladeng meni
O‘zing qolib mudom o‘ylading meni
Qo‘llaringda bo‘rtgan tomirlar asli
Onajon zahmatmas g‘amlar
Tuguni.
Men shaharda yuribman sen esa uyda
Bolam men ko‘rmadim sen ko‘rgin deysan
Men taksida yuribman sen aftobusda
Eh ona bolangni ko‘rgani qursin.
Har oyda bir moda mening egnimda
Sendachi u yilda olingan ko‘ylak
Bolam kam bo‘lmasin hech kimdan deysan
Menga bu yurishlar nimaga kerak .
So‘zlayman o‘zimdan notiqni yasab
Yulduzni narvonsiz urib qo‘yaman
Sendan so‘zlamoqni o‘rganib o‘zim
Senga donolik ham qilib qo‘yaman.
O‘n sakkiz yil menga sen tutding taom
bir kun xizmatinga yaray olmayman
Bir kecha bedor o‘tgazgan tuning
Ming kecha bo‘lsa ham oqlay olmayaman .
Tomog‘ingdan mensiz o‘tmaydi noning
Asrab qo‘yadirsan menga tuyilib
Eh ona men senga nima ham berdim
Ikkita non keltirsam zora ilinib.
Qiziing qismatlari shu ekan ona
Qo‘lidan ish kelsa xizmat o‘zgaga
Mehnatni sen qilding hayotni qara
Sen ekkan gulingning egasi o‘zga.

Bolam men ko‘rmadim sen ko‘rgin deysan
Eh ona bolangni ko‘rgani qursin.

                        11. 11. 2022.