Get Mystery Box with random crypto!

InStat kompaniyasi, Professional futbol ligasi (PFL), shuningd | So'g'diyona Fan Club| Rasmiy⚽

InStat kompaniyasi, Professional futbol ligasi (PFL), shuningdek O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 2020-yilgi O‘zbekiston superligasi mavsumining barcha uchrashuvlarini ko‘rib chiqish uchun shartnoma imzoladilar.

Bu O‘zbekiston futbol tashkilotlari yangi rahbariyatining yanada muhim sport yutuqlariga erishishga hamda mamlakatda futbolni ommalashtirishga bo‘lgan intilishi tufayli amalga oshdi. Mavsum davomida barcha 14 ta professional futbol jamoalari muntazam ravishda o‘zlarining uchrashuvlari bo‘yicha batafsil statistik ma’lumotlarni, shuningdek har bir bo‘lajak uchrashuv uchun raqiblarining so‘nggi uchta o‘yini statistikasini olib turishdi. Mavsum  “Covid-19” sabab yuzaga kelgan cheklovlar tufayli majburiy uzilishlar bo‘lgani uchun ham oson kechmadi. Biroq tomonlar joriy yilda samarali hamkorlikni davom ettirishga qat’iy qaror qilishdi.

InStat — bu xalqaro sport-analitik kompaniya, sport statistikasi va analitikasi sanoatida dunyoda yetakchi hisoblanadi. InStat Scout platformasi individual va jamoaviy chiqishlarni baholash, o‘yinchilarni saralash, shuningdek analitika va video bilan ishlash uchun IT yechimlarni taklif etadi.

InStat 13 yildan ortiq vaqt davomida dunyoning yetakchi klublari, federatsiyalari va ligalari bilan hamkorlik qilib keladi. 2020-yilda InStat Scout 5.0 tashkil topdi. Onlayn platforma o‘z foydalanuvchilariga keng ko‘lamli jamoaviy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda individual statistik ko‘rsatkichlardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Kompaniya o‘z foydalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. 24 soatlik InStat Support xizmati faoliyat olib boradi. Kompaniya mutaxassislari har oy treninglardan o‘tadilar va 24/7 rejimida aloqaga chiqishlari mumkin. Foydalanuvchilar har hafta platformaning funksional imkoniyatlari va texnik yangiliklari haqida hikoya qiluvchi xabarlarni qabul qilishadi.