Get Mystery Box with random crypto!

Qalbimda iliqlik hisin uyg'otgan, Yaxshilik, ezgulik sirin o'r | Mitti Farishta 🖇 || blogi

Qalbimda iliqlik hisin uyg'otgan,
Yaxshilik, ezgulik sirin o'rgatgan,
Dunyoning mehrini so'z ta'rif etgan,
Rahmat deyman sizga, Ey aziz do'stim!

Yig'lasam ovutib ko'zlarim artgan,
Yiqilsam turgazib qo'llarim tutgan,
Yolg'iz qolganimda yonimda turgan,
Rahmat deyman sizga, Ey aziz Do'stim!

Sirlarim ishonib topshirganim siz,
Qayg'ularim yashirib fosh qilganim siz,
Barcha injiqligim ko'tarolgan siz,
Rahmat deyman sizga, Ey aziz Do'stim!

Umrbod do'stim bo'lingiz har on,
O'rtamizda bo'lmasin hech qanday gumon,
Hech kim do'stlikka sola olmas g'ubor,
Rahmat deyman sizga, Ey aziz Do'stim!

Ishonchni hech kim tortib ololmas,
Mehrni hech ham sotib ololmas,
Qalbimizni aslo voqif etolmas,
Rahmat deyman sizga, Ey aziz Do'stim!