Get Mystery Box with random crypto!

O‘tkinchi dunyoga kerilma, Ey do‘st, Umrning shomiga yetamiz b | Mitti Farishta 🖇 || blogi

O‘tkinchi dunyoga kerilma, Ey do‘st,
Umrning shomiga yetamiz bir kun.
Oppoq surpdan liboslar kiyib,
Yog'och tobutlarda ketamiz bir kun...

Besh kunlik dunyodir, umr o‘tkinchi,
Yaxshilik qilaver qo‘lingdan kelsa...
Miskin kimsalarning boshini sila
Alloh beraverar kim kimga bersa...

Atrofingga qara qancha bemorlar
Bu dunyo boqiymas, o‘tkinchi bilgin.
Oyoq-qo‘ling butmi? Tavallo qilib,
Yaratgan egamga shukurlar qilgin.

Dardingni eshitar, tinglaguvchi bor,
Nolima, dardingni Allohga aytgin.
Sokinlik istasang, ey nodon inson,
Qo‘lingga Qur‘on ol, Robbingga qaytgin.

Qur‘onda yozilgan har bir oyatni,
Chuqurroq o‘rganib, mag‘zini chaqqin.
Ey, do'stim, go‘daging, farzandlaringni
Qalbiga islomiy olovni yoqqin..

Sokinlik istasang, qo‘lga Qur‘on ol,
Halovat istasang, qabristonga bor.
O‘lmayman demagin, o‘lamiz bir kun,
Qabrimiz ustini bezab yotar qor...

Avvalo, odam bo‘l, oqil-u dono,
Solih bir farzand bo‘l, onangga suyuk!
Yetti bir olamni Yaratguvchi Zot,
Alloh yaqinroqdir, Allohdir buyuk!