Get Mystery Box with random crypto!

​​Mayli, onajonim, peshonamdan o'ping, Ammo men yomonni kechir | Sof islommm

​​Mayli, onajonim, peshonamdan o'ping,
Ammo men yomonni kechirmag, ho'pmi!

Shaharda yuribman kiyimim po'rim. O'qiganim bor-yo'g'i 3-4 ta kitob, yozganim 5-6 ta matn, ammo o'zimcha davralarda hech kimga gap bermayman. Qizig'i, yoziqlarim orasida ona haqidagi burgut parvoziday balandparvoz gaplar tiqilib yotibdi. Ammo bir og'izi onamga aytilmagan, ko'nglini ko'tarish uchun ishlatilmagan. Ana, portfoliomda chang bosib turibdi.

Qoyil qoldim men kabi chala yozuvchidan. Bir sutka 24 soat, Xudoga shukr, har bir daqiqani xafa qilmasdan, kun-tun onlineman. Lekin, o'rnidan turib, bir qultum suv ichgani hol topolmaydigan, ammo chanqagan kasal kabi onamga telefon qilishga, "Yaxshimisiz?" deyishga yaramayman.

Onam baliqni yaxshi ko'radi. Ammo baliq yeyotganimda, qiltanog'iga qaramay, tomog'imdan moyday o'tadi. Ro'zador volidamga bir tishlam olib borish, xayolimning bir uchiga kelmaydi.
Yaqin doʻstlarimdan kelgan xabarlarni erinmasdan o'qiyman-u, onamdan kelgan xabarni ochib qaramayman. "Onam-ku, kutadi-da" desam kerak. Ammo ona uchun ishlamagan telefonni axlatga uloqtirish yoki bir yo'qlab xabar olinmagan ona parchalangan qalbiday sindirish kerak. Ha uloqtirish kerak

Biroq, aniq bilaman. Bir kuni meni, kompaniya bergan, lekin ishlatilmay qolib ketadigan, onam uchun sarf bo'lmaydigan 1000 daqiqalarning uvoli tutadi.

Emotsiyalarga berilib, bir og'iz telefon qilish o'rniga yana aqllilik qilib bir nimalar qoralab o'tirgan meni bemalol yomon ko'rishingiz mumkin ona

"Unaqa dema, bolam, sening ishing ko'p" deya darrov meni oqlaydi, mening advokatim — onam. Nega men yomonni buncha yaxshi ko'rasiz ona? Imkonim bo'la turib, telefon qilolmagan bolangizni yaxshi ko'ring, lekin kechirib o'tirmang. Loyiq emasman. Siz baribir men hudbin bolangizni kechiraverasiz ammo, men oʻzimni kechirmayman.



Shuni aniq bilamanki onajon, shu maqolamni albatta qachondir oʻqiysiz: Sizni juda juda yaxshi koʻraman.

بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم
انا لله وانا اليه راجعون
Biz hammamiz ALLOHnikimiz va albatta oziga qaytamiz
@sof_islommm