Get Mystery Box with random crypto!

Ayol kishi xursand bo’lsa… Uyda ham xursandchilik hukm suradi | Sof Ibrat l Илмий-маърифий канал.

Ayol kishi xursand bo’lsa…

Uyda ham xursandchilik hukm suradi. Ayol tabassum qiladi, hammaga yaxshi gapiradi, uylar toza va tartibli bo’lib, mazali taomlar tayyorlanadi.

Agar, teskarisi bo’lsachi? Ayol kulmagan uy shu qadar befayz bo’ladiki, baxt ham bu uydan ancha uzoqlashadi.

So’lib borayotgan bir gulga quyilgan suv va berilgan mehr uni jonlantirib, go’zallashtirganidek, ayolga ham berilgan e’tibor va mehr uni jonlantiradi, go’zallashtiradi, yuzida guldek tabassum ochilishiga vasila bo’ladi.

Bir erkak baxtli bo’lmoqchi bo’lsa, ayolini qadrlasin. Unga evazini kutmagan xolda mehr bersin. Shundoq ham u ayol o’sha mehrni unga ortig’i bilan qaytaradi, yuzi kuladi, tilidan faqatgina shirin so’zlar to’kiladi.

┄┄┄❅┄┄┄•••
Ilmiy ma'rifiy kanal: @Sof_iibrat