2022-08-29 22:05:59
Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi
Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Endilikda,
birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.
Buning uchun vazirlikning
kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.
Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo
tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham
kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga
yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.
Platforma
orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari
(bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
524 views19:05