Get Mystery Box with random crypto!

Infobiznes nima? Bu, sizda mavjud bilimlarni, boshqalarga o'r | Sobirjanov Blog

Infobiznes nima?

Bu, sizda mavjud bilimlarni, boshqalarga o'rgatish orqali, topayotgan daromad. Ya'ni, Info (Ma'lumot) biznes (Sotish, Ulashish) degani.
Bu yo'nalishda yaxshi daromad topish mumkin. Faqatgina, sizda boshqalar uchun kerakli bilimlar bo'lsa. Misol uchun English language, Psixologiya, Shaxsiy brendni rivojlantirish, Telegram orqali ishlash, va h.k
Bunda eng muhimi, sizda o'zingizni yo'nalishingizda tajriba va kerakli bilimlar bo'lishi.

Tasavvur qiling, Siz English language bilasiz. Bu bilan siz birorta ishga taklif qilishlarini kutib o'tirmay. Shunchaki Telegram orqali, o'zigiz uchun ish yaratishingiz mumkin.
Buning uchun, siz birinchi navbatda: Kanal ochasiz, qadoqlaysiz, kanalni to'ldirasiz, obunachilarni yig'asiz, zapusk, vebinar, kursga qabul.
Shular orqali siz oyiga bir necha millionlarni topishingiz mumkin. Xuddi menga o'xshab. Xo'sh, sizni nima to'xtatib turipti?

Buning uchun siz biror bir amaldorni farzandi, yoki mashxur bo'lishingiz shart emas. Shunchaki o'zingizni yo'nalishingizda chuqur bilimga ega bo'lsangiz bo'ldi.
Hozir onlayn kurslar juda ham ko'payib ketdi. Faqat sifatlilari kam. Agar siz yaxshi bilimga ega bo'lsangiz. Siz onlayn kurslar yaratishingiz mumkin. Bu bilan siz boshqalarga bilim bera olasiz. Bir marta kurs tayyorlab olib, uni 1000 marta sotish mumkin.