Get Mystery Box with random crypto!

O'rta meyona yoki boylik? Yaqinda tasodifan internetda bir ya | Sobirjanov Blog

O'rta meyona yoki boylik?

Yaqinda tasodifan internetda bir yangilikga ko'zim tushib qoldi.
U yerda avtohalokatdagi avariyada jabrlangan insonni gaplari, meni o'ylantirib qo'ydi.
"Kuniga men sudga, militsiyaga yuguraverib charchadim, taksiga ham ancha pul ketib qovoti, bu pullarni ko'chadan supurib olayotganim yo'qku. O'zi arendaga moshina xaydayman" shu gaplar menga qandaydir boshqacha tuyuldi.
Sababi, u inson o'rta hayot tarziga o'rganib qolgan. Nahot biror ishda karera qilishni xohlamasa? Yoki uni oddiy hayotda majburlik ushlab turganmikin... Ro'sti bilmadim.

Demoqchi bo'lganim. Nega biz o'rta meyona hayot tarziga o'rganib qolganmiz. Nega sayohatlarga faqat 4-5 yilda bir-ikki marta boramiz holos? Shunda ham oila harajatlaridan ortirib, yig'a olsakgina boramiz. Biz odatda yillab yig'ib tergan pulimizni, ikki-uch kunda sarflashni (toy, bayram) yaxshi ko'ramiz?
Nega biznes qilib, uning daromadini kegin o'zimizga sarflashni xohlamaymiz?
Sababi, bizni yoshligimizdan pulga bo'lgan munosabatni bilmasligimiz. Tuzlanmagan bodringni, tuzlangan bodringlarni ichiga solib qo'ysangiz ham, u ham tuzlanib qoladi. Ya'ni, bizga atrof muhitdagi insonlarni oddiy hayot tarzlari, bizni ham o'rgatib qo'ygan.

Tinch xonada yarim yoki bir soat, o'zingizni anglash uchun sarflang. Bu yoshgacha nimaga erishdingiz? Bir, uch, besh yildan so'ng, hayotingizni qanday tasavvur qilasiz? Shu hayotingizdan biroz o'zgargan bo'ladimi? Yoki 180° gradusga o'zgargan bo'ladimi? Hayotda nima uchun yashab yuribsiz?
Menga bu savollar, hozir o'qiyotgan kurslarim orqali keldi. Inson avval o'zini anglab olib, o'zini o'zgartira olsa, shundagina boshqalarni ham o'zgartira oladi.