Get Mystery Box with random crypto!

TALABALIKKA TAVSIYA ETILMADINGIZ -Ha. Sizga u nasib qilmadi. | Abdullajon⚡️Soatov Blogi

TALABALIKKA TAVSIYA ETILMADINGIZ

-Ha. Sizga u nasib qilmadi. Talaba bo‘lishni uddalay olmadingiz. Biroq ko‘ngilni cho‘ktirmang. Xuddi o‘ladigan kuningiz ma'lum-u siz u tomonga borayotgandek, barcha ozru umidlaringizni so‘ndiryapsiz. So'nggi umid uchquningizni ham o‘chirayapsiz.

Men abituriyentligimda...

Men ham juda ko‘p o‘qiganman. Mavzu kitobni qaysi betida, qayerida qanday rasm borligi va nima deb yozilganligi eslab qolishga majbur edim. Xato shunday ham qilardim.
Imtihonga bordim, o‘qishga topshirdim. Natijam juda ham past chiqdi. 74 ball yana kichik desyati ham bor edi, aynan hozir eslolmiyman. O‘sha yili o‘qishga kirolmadim. Menda ham achinarli holat bo‘lgan, xatto ovqat ham yemay qo‘yib bir ikki kun xafa bo'lib yurgan man va bu esda qolarli davrlar bo‘lgan ekan.


Ikkinchi yil

Imtihondan yiqilgach, nima qilishni bilmadim ochig‘i. O‘sha yili ilk marotaba Toshkentga ishga chiqdim. Sergeli 7 degan joyida borib Elektrik sifatida ishladim. Yaxshilab o‘ylab qaradim. Ishchilar hammasi yosh ekan. Bu yerda mana shuncha yoshlar ishlayapti. Men ham ular qatoridaman. Yo‘q! Ular yildan yilga ko‘payadi. Menga esa og'ir ishda ishlash yoqmaydi. Shoshma Abdulla sen nima qilib bu yerda yuribsan, axir kelajakda boshqa inson bo'lmoqchi eding-ku dedim, o'zimga-o‘zim o‘sha o‘y fikrlardan so‘ng uyga qaytdim. Uyga qaytgach yoqmasada kitob o‘qib boshladim. 7 sinfdan Tarix va Ona tili o‘qib yurardim. Ancha ko'nikma va bilimlarim bo‘lsa, ham yo‘nalishni 180⁰ gradusga burishga harakat qildim. Matematika va Fizika o‘rganishni boshladim. Yakunida esa Matematika va Ingliz tili faniga topshirdim. Dahshatli tomoni aytadigan bo‘lsam. O‘sha yili Matematikam kam chiqdi. Men umuman tayyorlanmagan fanim ingliz tilidan 18 ta topgandim. Ingliz tilidan tayyorlanadigan, tanishlarim meni masxaraboz deb atagan o'shanda, negaki ular 18 ta yechib chiqa olishmagan edi-da.

Uchinchi yil (talaba bo‘lgan yilim)

Oktyabrdan boshlab toki dekabr oyini 15 gacha tayyorlandim. Matematika fanidan va bu vaqtda meni ona tilidan online kurs tayyorlaydigan. Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qishga kirgan, E‘zoza degan qiz yordam berardi. Albatta meni ham ko'p yordamim tekkan, hozir qayerda bo‘lsa, ham sog'-salomat yurgan bo‘lsin, ilohim. O‘quv markazida ham dars berardi. Menga ham erinmay o'rgatgan. U kishi uchratishni va minnatdorchilik bildirishni astoydil istagan bo‘lardim. Biroq aloqalarimiz uzilganligi sababli topa olmadim. Hozir 3 kurs bo‘lishi kerak.

Shu imtihonlar yaqinlashdi. Hayajonsiz kirardim imtihonlarga negadir, shu safar ozgina hayajon bo'ldi va buni juda oson yo‘l bilan yengandim. Imtihondan 78.75 ball bilan chiqdim. Natijanimni 12 avgustdan to 3 sentyabrgacha kutganman. Mazza bo‘lgandi o‘ziyam. Natijam meni qoniqtirdi. 5 topshirgan Universitetdan 4 tasiga o‘qishga kirdim. Grant ustuvorligi qilganligim uchungina Qarshida o‘qishga majbur bo‘lganman.

Xo‘sh! Nega siqilayapsiz ayting..?
Hammasi o'tgunchi, hammasi vaqtda bilan bog'liq, qiladigan harakatlaringizga yarashasini olasiz. Kurashga qo'shilish vaqti keldi, sizni bu shumshayib yurishingizda holi talaba bo‘la olmaysiz...!

O‘qib odam bo‘larmiding?
Mana men ham o‘qimaganman oying ham?
Bizni avlodda olimlar yetishib chiqganman?
Senam o‘qib go‘r bo‘lmiysan?

Erga berib yuboramiz, oila qurib yaxshi bo‘lib ketasan?

O‘zbek segmentida qolibga solingan so'zlarni eshitishga majbur bo'lasiz!

Sizda esa hammasi o'zgartirishga vaqt bor!

@SoatovBlogi Abdullajon