Get Mystery Box with random crypto!

Qabul-2022 yakunlari Avvalo talabalik baxti nasib qilganlarni | Abdullajon⚡️Soatov Blogi

Qabul-2022 yakunlari

Avvalo talabalik baxti nasib qilganlarni tabriklayman, sizlar bu natijaga tirishqoqlik va iroda bilan erishdingiz, o'qish va ishlaringizda omad tilayman

Hurmatli abituriyentlar!

Sizlar bugun g'alaba qilmagandirsiz, lekin aslida siz ham g‘olibsiz, allohim har bir ishni o‘zi oldindan belgilab qo‘ygan va siz uni izmidan yurganingizga xursand bo‘lamiz. To'g'ri siz ota-onangizni oldida yuzingiz yorug' bo'lmagandir lekin bu yakun emas. Siz kelasi yili albatta o‘qishga kirasiz, hozirgidanda kuchliroq va ko'proq harakat qilasiz, talabalik degan maqomni tortib olasiz kerak bo‘lsa, men ham 3 yili deganda o‘qishga kirganman, nima qilibdi, 1 yoki 2 yil yiqilsangiz, sizlar uchun hammasi endi boshlandi.

Help (yordam)

Aniq ismlaringizni eslab qola olmadim afsuski, lekin yordam bergan abituriyentlarim va boshqa ko'plab do'stlarni eslab qolishga va kelgusida sizni hayotingizni kimgadir motivasiya berish uchun misol keltirishga harakat qilaman. Albatta bundan xafa bo‘lmaysiz degan umiddaman. Agar sizga yordam bera olmagan bo‘lsam uzr.

@SoatovBlogi Abdullajon