Get Mystery Box with random crypto!

​​Qaysi ijtimoiy tarmoqlar maqul? Hozirgi kunda eng ommabop b | SMMchi blogi

​​Qaysi ijtimoiy tarmoqlar maqul?

Hozirgi kunda eng ommabop bo'lgan platformallar Instagram, Facebook hisoblanadi.
Ularning ikkisi bir biridan faqat qiladi.

Facebook- hozirgi kunda 25 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan odamlar foydalanadigan platforma.

Instagramda aksincha ko'p yoshlarni tashkil qiladi. 16 yoshdan 35 yoshgacha.

Shundan kelib chiqib:

Facebook

Agar sizda tovar bo'lsa, uni jamiyatning ma'lum bir qismiga sotmoqchi bo'lsangiz, masalan b2b (biznes to biznes), sizga Facebook yordam beradi. Facebook sahifa oching va uni mablag' evaziga rivojlantiring.

Instagram

Yuqorida aytib o'tganimdek, Instagram auditoriyasini 18-30 oralig'idagi yoshlar tashkil qiladi. Bunday odamlarga harakat, go'zallik va ko'ngilochar narsalar kerak. Agar sizda o'zingizning brendingiz bo'lsa, uni rivojlantirish uchun katta imkoniyatga ega bo'lasiz. Agar siz restoran, kafe egasi bo'lsangiz unda Instagram sizga yordam beradi. Siz o'z profilingizni chiroyli qilib bezasangiz bo'lgani.
Birinchi o'rinda hammasi sizning maqsadli auditoriyangizga bog'liq bo'ladi. Agar sizning restoraningiz 50 yoshdan oshganlar uchun bo'lsa, Facebookdan foydanganingiz maqul.