Get Mystery Box with random crypto!

Marketingda 4P atamasi bor: Product (mahsulot) Price (narx) Pl | SMM | Shaxsiy brend

Marketingda 4P atamasi bor:
Product (mahsulot)
Price (narx)
Placement (joy)
Promotion (reklama)

1. Product (mahsulot)

Marketing'ning birinchi ishi bu bozorni o'rganish va iste’molchiga qanday mahsulot yoki xizmat kerakligini aniqlash. Sizning mahsulotingiz insonlarning qaysidir muammosiga yechim bo'lishi kerak.

2. Price (narx)

Odamlarning muammosini yechuvchi mahsulot ishlab chiqarganingizdan so'ng, unga narx belgilaysiz. Bu ham marketingning ishi.

Shuni yodda tutingki, narxingiz sizning mahsulot yoki xizmatingiz beradigan qiymatdan ozroq bo'lishi kerak. Narx < Qiymat.

3. Placement (joy)

Mahsulot yoki xizmatingizni qayerda sotishingiz marketingning navbatdagi vazifasi. Bunda mahsulotingizga talab katta bo'lgan gavjum joyni tanlay bilish kerak.

4. Promotion (reklama)

Endigi navbat mahsulotingizga xaridorlarni jalb qilishga. Bu ish reklama orqali amalga oshiriladi.

Ko'rib turganingizdek, marketing bu biznesning ajralmas qismi. Marketing yo'q joyda biznes bo'lmaydi. Menda bor deyishingiz mumkin. Lekin, siz ham o'zingiz bilmagan holda marketingni qo'llayapsiz.