Get Mystery Box with random crypto!

Qo’rquvlarim qayoqqadur yoqolib qoldi || 1-Qism Ikki shaxar | SMM Motivator

Qo’rquvlarim qayoqqadur yoqolib qoldi || 1-Qism

Ikki shaxar sayohatidan keyin, umuman charchamadim deb o’yladim, darslarni ham to’xtatganim yo’q. Lekin aslida bir hafta avtopilot rejimida ishlabman

Ya’ni doimgidek ishlarimni qilaverdim lekin ongim yangi bosqichga ko’chish uchun deyarli o’chib qolgandi. Ko’p uxladim, maktablar yo’qligi va bayram bo’lganiyam shundoq yaxshi bo’ldi.

Kechagina yangi formatga o’zgarib uyg’ondim. Hamma rejalarim, planlar hatta orzularim qiziqmas bo’lib qoldi. Birinchi navbatda eng katta qo’rquvlarimdan endi qo’rqmay qo’yibman. Nimaligini aytaymi?

- Tish shifokorga borish;
- Oyiga 10.000$ dan ko’proq daromad topish;
- Pravaga o’qish;
- Shaxsiy brendimni hususiy unversitet darajasiga olib chiqish;

Endi bular amalga oshishidan qo’rmayabman. Ayrimlarini uje boshlavordim. Sayohatdan eng birinchi olgan natijam bu qo’rquvlarimdan qo’rmaslikni o’rganib kelish bo’ldi

Yana nimalar o’zgarayotganini keyingi postda aytaman