Get Mystery Box with random crypto!

#Imtihon_2022 AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARI | Smart Center

#Imtihon_2022

AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Yuklab olingan ruxsatnomani chop etib olish shart.

Prezident maktabiga kirish imtihonining 1-bosqichi 1-iyulda bo‘lib o‘tadi.

Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz shart!