Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat Ertadan boshlab o‘qishni 'perevod' qilish uchun ariz | 🎓 SMART SCHOOL&CONSULT | Xorijda talim !

#Diqqat

Ertadan boshlab o‘qishni "perevod" qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.

Joriy o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz — respublika OTMlararo yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar;

transfer.dtm.uz — xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar.

Ro‘yxatdan o‘tish 2022 yil 15 iyuldan 5 avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun)

Eslatma: Joriy yildan boshlab faqatgina 2 toifa talabalargagina ichki perevod uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Bizni kuzatishda davom eting ||

Ariza topshirish || admin
Ariza topshirish || admin