Get Mystery Box with random crypto!

Farzandingiz telefonda qancha o'tirishini, nimalarni ko'ra ola | Sardor Makhkamov's Blog 👨‍💻

Farzandingiz telefonda qancha o'tirishini, nimalarni ko'ra oladi, nimalarni o'rnata olmaydi va hokazo nazorat qilish uchun Android telefonlarda Family Link dasturi bor. Dastur ikki qismdan iborat, ota-ona va farzand uchun.

Bu dastur yordamida farzandingiz telefonini bemalol nazorat qila olasiz, jumladan:
Telefon nechida yoqilib, nechida blokka tushishi (masalan ertalab 8 dan kechqurun 10 gacha).
Bir kunda necha soat ishlata olishi (darslar online bo'lgani uchun men 3 soat limit qo'yganman, keyin ekran blokka tushadi)
Qanday dasturlar o'rnata olishi (har bir dastur uchun sizni telefoningizga ruhsat so'rab xabar keladi, ruhsat bermasangiz o'rnatilmaydi)
Har bir dastur uchun kunlik limit (minutlarda va soatlarda)
Youtube videolar uchun yosh chegarasi (xavfli yoki uyatsiz kontent chiqmaydi)
Google Play dasturlar uchun yosh chegarasi (kattalarning dasturlari, o'yinlari, kitoblari chiqmaydi)
Farzandingiz (telefoni) lokasiyasi
Istalgan payt telefonni blokka tushirish (darsini qilmasa )
Va yana boshqa sozlamar.

Family Link o'rnatilgan telefonni Google bolalarniki ekanligini biladi va har tomonlama kattalar uchun mo'ljallangan kontent va reklamadan himoya qiladi. Behavotir beraverasiz.

LINK : https://cli.co/FamilyLink

@sariqdev