Get Mystery Box with random crypto!

𝑲𝒊𝒎𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏 𝒐𝒗𝒖𝒏𝒅𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛.... Bahor yozlar o'tmoqdadir sizsiz | Skill GROWER

𝑲𝒊𝒎𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏 𝒐𝒗𝒖𝒏𝒅𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛....


Bahor yozlar o'tmoqdadir sizsiz endi
Bizni kutgan so'lim bog'lar bizsiz endi
Hayollarim tub tubida bir siz endi
Kimlar bilan ovundingiz bizdan ketib.

Kimlar sizga mehribonlik qilar bugun
Kimlar sizni jon jonidan suyar bugun
Huddi mendek bu ishqni deb kuyar bir kun
Kimlar bilan ovundingiz bizdan ketib.


Yodimdan hech ketmas shirin kulganingiz
Topdim sizdan yaxshirog'in deganingiz
Juda qiziq kim ekan u suyganingiz
Kimlar bilan ovundingiz bizdan ketib


Qo'rqmang endi uchramayman yo'lingizda
Yonib yonib ado bo'ldim ko'yingizda
Alamimdan bir o'ynayman to'yingizda
Kimlar bilan ovundingiz bizdan ketib.


Kimni quchdi bizni quchgan o'sha qo'llar
Kimlar bilan uchrashtirdi taqdir, yo'lar
Unutarman bir kun kelib o'tsa yillar
Kimlar bilan ovundingiz bizdan ketib

𝑴𝒖𝒂𝒍𝒍𝒊𝒇: 𝑴𝒖𝒉𝒂𝒎𝒎𝒂𝒅𝒋𝒐𝒏
             𝑻𝒐'𝒙𝒕𝒂𝒃𝒐𝒚𝒆𝒗