Get Mystery Box with random crypto!

Disclaimer: Bu postni qizlar haqida gapirgan lyuboy odamni fe | Sketchbook Live

Disclaimer: Bu postni qizlar haqida gapirgan lyuboy odamni feministga chiqarib, ayollarni odam sifatida ko'rmaydigan farosatsizlar o'qimay o'tib ketaversin, silarni fikrilar man uchun bir tiyin)

Qiz bolalarga o'qish qanchalik kerak?
- Qizlar (ayollar) o'qib nima qiladi, institutga borishiniyam umuman keragi yo'q, uyda o'tiradi baribir, o'zim boqib ola olaman - deydiganlarni ko'p uchratamiz. Ko'pchilik yigitlarni ham, ota-onalarni ham fikri shunday bo'lib qolgan. Bunday fikrdagi odamlar bilan juda ko'p talashaman.
Qiz bolaga o'qish kerak, shart bu. Ularni huquqlari ham yigitlarnikidan kam emas, O'zbekistondaligimizni hisobga olib imkoniyatlar haqida gapirmay turamiz.
Ota onalar fikricha 11 sinfni bitirtirib uzatib yuborishni o'ylashadi, qizni na biror kasbi bor, na biror ish qo'lidan keladi. Turmushga beramiz bo'ldi, qolganini eri qiladi deb o'ylashadi. Yigit yaxshi bo'lsa, turmushi yaxshi bo'lsa yigitni topishi yaxshi bo'lsaku xo'p-xo'p, ular o'ylagandek bo'lar, lekin hayoti o'xshamasachi? Voyaga yetgan qiz, kelinlik uyidagi gaplarga chidab yashashi kerakmi yo ota uyiga qaytsayam ularga bir yuk bo'ladi, yoki yomon muhitdagi to'nka er oldida gapirishga ham, mazza qilib yashashgayam haqsiz qul bo'lib yashaydi. Indolmaydi, noiloj chidaydi, haydab yuborishsa o'zini eplolmaydi, ota-onasi ham qaytib kelishini xohlamaydi, qizni esa kelinlikdan boshqa hech qanaqa skilli yo'q, kimdandir kiyim-kechagi, ovqatini berayotganlari uchun ularni aytganini qilishga majbur.
Hayoti yaxshi bo'lib yashab turgan bo'lsayu, yigitni topayotgani yetmasachi. Ro'zg'or uchun ayol pul topishi, oilani ayol boqishiga mutlaq qarshiman, lekin o'zining harajatlari, orzularini amalga oshirishi uchun ishlab turishini hecham yomon tomoni yo'q menimcha. Ishimda ham ayollar ko'p, o'zimni 2 opam ham maktabda ishlashadi, lekin buni oilalariga, tarbiyasiga umuman ta'siri bo'lmaydi. Yurib ketadi, xiyonat qiladi, qo'liga pul tushsa buziladi" deydiganlarni umuman tushunmasam kerak. Agar siz uning uchun orzusidagi erkak bo'la olmayapsizmi, uyda o'tirib ham xiyonat qilaveradi, bu uni qayerdaligiga emas, sizga va unga bog'liq. Qo'lida bir kasbi, bir sohada o'z o'rni borligi faqat + ga ishlaydi, siz ayolingizni eplolmaydigan hezalak bo'lsangiz, ishi aybdor emas.
Hayot har doim ham bir xilda ketmaydi. Oilani yagona boquvchisi bo'lgan erkak ham issiq jon. U ham kasal bo'lishi, qandaydir baxtsiz hodis bo'lishi, yo umri tugagan bo'lsa o'lishi ham mumkin. Siz abadiy emassiz, ota onangiz, jigarlaringiz ham. Ertaga o'lib ketsangiz bolalaringizni kim boqishini o'ylang, boquvchisidan ayrilib 2 3 ta bola bilan qolgan xotiningiz nima qilishini o'ylang, farroshlik yo xizmatchi bo'lib arzimagan pulga ishlagandan yaxshiroq joyda ishlashga bilimi yetadigan bo'lishi kerak.
Mayli yomon tomonini o'ylamasak, bu qiz (ayol) ertangi farzandlaringiz onasi. Bola asosiy tarbiyani, boshlang'ich bilimlarni oilada oladi. Siz kuni bo'yi ishda bo'lasiz va asosiy tarbiya onaga bog'liq. Bolalikdan yaxshi bilim olishiga qaralmay, kelinlik uchun tarbiyalangan, hayotida o'qish har doim oxirgi ahamiyatsiz o'rinda bo'lgan ayol bolalaringizni ham huddi shunday tarbiyalaydi. Farzandlaringiz ham shunday tarbiya bilan ulg'ayadi. Bolalaringiz maktabda olib kelgan uyga vazifani onasidan so'rasayu bilmayman degan javobni olsa, qanday xurmat qiladi. Ota-ona bolalar nigohida eng aqlli, odobli shaxs bo'lib qolishi kerak. Ota aqllilik, kuchlilik, ona esa ojizalik, mehribonlik deb tasvirlanishlar o'tgan asrlarda qolishi kerak.
Aslida institut, aniq fanlar, ilm-fan yigitlardan ko'ra qizlarga ko'proq mos keladi. Ortiqcha jismoniy kuch talab qilmaydi, asosan miya ishlatilishi kerak bo'lgan ishlar. Lekin unday joylardayam asosan yigitlar. Ko'p joylarda o'qimagan qizlar oshpaz, farrosh, tikuvchi, yo biror fabrika, sehni oddiy arzon ishchisi bo'lishga majbur. IT, Buxgalteriya, Dizayn, Media va shunga o'xshash bir joyda ishlanadigan, jismoniy tomonlama unchalik og'ir bo'lmagan ishlarda ham ayollarni ko'paytirish kerak.

@SketchbookUz