Get Mystery Box with random crypto!

Necha yildirki IELTS olishni orzu qilaman. Biram alam qiladiki | SK EDU&CONSULTING by VTS🇰🇷🇺🇿

Necha yildirki IELTS olishni orzu qilaman. Biram alam qiladiki shu ololmayotganim. Shu IELTS chilardan xafaman. Buncha qiyin tuzishgan testlarni. Qaniydi hayot teskarisiga aylanib IELTS ingliz tilidan emas ŎZBEK tilidan topshirilgandami, qasos olaridim men ham ularni biiiir boplaridim mana bunaqa testlarni berib.

IELTS Uzbek. Grammar:
Question 1:
Gapni tõldiring.

Õtgan yili televideniyeda shu serial berilayotgan paytda men 'Otgan kunlar' asarini .............. .

Choose the appropriate ending:

A) õqigan edim
B) õqiyotgan edim
C) ŏqib bõlgan edim
D) õqimoqchi bob yurgan edim
E) õqimagan edim
F) õqimayotgan edim
G) õqib bõlmagan edim
H) õqib tugatgan edim
I) õqib tugatmagan edim
J) õqisam bõlarkan deb yurgan edim
K) ŏqimasam bolarkan deb yurgan edim
L) ŏqishni reja qilib yurgan edim
M) õqish kerak ekan deb ŏylab yurgan edim
N) õqish juda foydali ekan deb yurgan edim
O) õqish qanchalik foydali ekan deb yurgan edim
P) õqishni dõstimga taklif qilgan edim
Q) õqishni yaxshi tomonlari haqida singlimga tushuntirgan edim
R) ŏqiysanmi deb ukamdan sŏragan edim
S) ŏqish un kitob sotib olgan edim
T) õqiyothan talabalarni kõp kõrgan edim
U) õqish uchun darslardan ham qochgan edim
V) ŏqishni orzu qilib yurardim
W) õqish haqida onam bilan maslahatlashgan edim
X) õqimoqchi bolib yurgan bolalarga kitob sovğa qilgan edim
Y) ŏqiyman degan fikrda edim
Z) ŏqiganlardan mazmunini sŏrab bilgan edim
.......,...............

Alfavit harfi tugab qolmaganda bularni inkor va soroq shakllariniyam yozib chiqqan bolar edim

Shunda ular IELTS Uzbek dan 2 ham olisholmasdi