Get Mystery Box with random crypto!

Simba multfilmini hamma koʻrgan menimcha. Lekin koʻpchilik eng | Siz uchun

Simba multfilmini hamma koʻrgan menimcha. Lekin koʻpchilik eng maʼnoli joyiga eʼtibor bermagan. Simba oʻrmonda qurt-qumursqalarni yeb yurganda dono maymun boshiga kaltak bilan bir urib, sen sheʼrsan, sen qirolsan, seni joying bu yerda emas deydi.

Agar odam aslida kimligini bilmasa Simbaga oʻxshab har xil joylarda oʻtlab yuraveradi. Bundaylar oramizda juda koʻplab topiladi. Oʻzini sheʼrligini bilmay, qoʻylarni orasida oʻtlab yuradi. Buni bilishni bir yoʻli bor. Shajarani ozgina oʻrganish. Agar ota-bobolarimizni sal surushtirilsa, ularni orasida albatta oʻta boylari, amaldorlari, oʻta zexnlilari, diniy olimlari va koʻplab kuchlilari topiladi. Biz oʻshalari avlodlarimiz, bizni qonimizda ularni qoni oqmoqda, bis aslida ulardek boʻlishimiz kerak. Nega xozir qoʻylar bilan oʻtlab yurganimizni sabablaridan biri aslida kimligimizni bilmasligimiz.

Manba: @KadirovBlog