Get Mystery Box with random crypto!

Siz Bop | TV 📺

Telegram kanalining logotibi siz_boptv — Siz Bop | TV 📺 S
Telegram kanalining logotibi siz_boptv — Siz Bop | TV 📺
Kanal manzili: @siz_boptv
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.35K
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum!
Siz "Siz bop | TV 📺 ” Rasmiy kanalidasiz
Yurtimiz va jahonda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar va ko'rgazmali reportajlardan bizning kanalda xabardor bo'ling.
Реклама @rekIama_admin

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 17

2022-08-29 18:24:31
Londonga uchgan yoʻlovchilarning yuklari manziliga yetkazilmadi.

Toshkent – London yo‘nalishidagi aviaqatnovda yo‘lovchilar yuklari o‘z manziliga yetkazilmagan. Holat yuzasidan “Uzbekistan Airways” axborot xizmati xabar berishicha, yuklar barcha yo‘lovchilarga bepul yetkazib beriladi.

@siz_boptv
2.9K views15:24
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:56:57
“Oskar” mukofotiga loyiq tilanchi bola.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent koʻchalarida oʻzini nogiron qilib koʻrsatgan holda odamlarning rahmini keltirib, tilanchilik qilayotgan bola videosi tarqaldi.

@siz_boptv
3.1K views10:56
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:26:29
Turkiyada jonli efir vaqtida sport sharhlovchisi bilan sodir bo'lgan kulgili video internetda eng ko'p ko'rilgan videolardan biriga aylandi

Sport sharhlovchisi Husayn Uzko‘k jonli efirda teleko‘prikda boshlovchining savollariga javob berar ekan, uydagi mushuk orqadan kelib, uni urib yubordi.

@siz_boptv
3.0K views10:26
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:37:45
Qashqadaryoda Nexia 20 yoshli qizni urib yubordi.

Hodisa Qashqadaryoning Qarshi shahrida sodir boʻlgan. Qizning hozirgi ahvoli haqida xabar berilmagan.

@siz_boptv
3.0K views08:37
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:13:28
Bu homiladorlik paytida ko'p selfi qilishning oqibati...

Ko'p suratga oladigan do'stlaringizga yuboring

@siz_boptv
3.4K views07:13
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:55:20
Toshkentda erkak xotinini o‘ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda erkak xotinini o‘ldirib, jasadini 2 kun Toyota Prado yukxonasida saqlab kelgani aytilmoqda. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berdi.

@siz_boptv
3.0K views06:55
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:01:46
AQSHdagi oʻzbekistonliklar Mustaqillik bayramini nishonlashmoqda.

AQSHning Chikago shahrida istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklar Mustaqillik bayramini nishonlashni boshlab yuborishdi.

@siz_boptv
3.0K views06:01
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:07:06
Niagara sharsharasi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglariga burkanadi.

Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan AQSHdagi Niagara sharsharasi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarini aks ettiradi. Hodisani 1-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 7:30 ushbu havola orqali tomosha qilish mumkin.

@siz_boptv
3.0K views05:07
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:31:51
OTMlarga oʻqishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar roʻyxati:

1) Rektor nomiga ariza;
2) Pasportning 5 ta nusxasi;
3) Attestat yoki diplom;
4) IELTS sertifikati (mavjud boʻlsa);
5) 3,5×4,5 o‘lchamdagi 12 dona fotosurat;
6) Qogʻozlar uchun papka;
7) Qogʻoz konvert;
8) Abituriyent ruxsatnomasi;
9) Javoblar varaqasi;
10) STIR (INN).

@siz_boptv
3.1K views04:31
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:30:57
Toshkentda YPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi.

Toshkentda bir qancha qoidabuzarlik sodir etgan Nexia haydovchisiga YPX xodimlari ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lishgan. Ammo haydovchining yetib kelgan 3 nafar do‘stlari bunga to‘sqinlik qilib, janjal boshlagan. YPX xodimlari xizmatiga halaqit bergan fuqarolarga 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlandi.

@siz_boptv
3.1K views04:30
Ochish/sharhlash