Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu Hayrli tong, j | 🕋 SIYRAT DARSLARI 🕋

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu
Hayrli tong, jannat yuzlilarim

Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
"Biz osmondan barokatli suv (yomg‘ir) yog‘dirdik …"
(Qof surasi, 9-oyat)

Yomg‘ir Alloh taoloning fazli-rahmati bo‘lgani uchun yomg‘ir yog‘ayotgan paytda qilingan duoning ijobat bo‘lishi umid qilinadi.
Shunday ekan, yomg‘ir tomchilab turgan paytda o‘zimiz uchun muhim bo‘lgan narsalarni Alloh taolodan so‘rab  olishimiz maqsadga muvofiq.

Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
"Ikki narsa rad qilinmaydi: Azon paytida, hamda yomg‘ir yog‘ib turgan paytda qilingan duo (rad qilinmaydi), dedilar".
(Imom Hokim va Tobaroniy rahmatullohi alayhlar rivoyat qilishgan)

Ayni paytda ana shunday katta imkoniyatlar qarshisida turibmiz...


@siyratdan_darslar