Get Mystery Box with random crypto!

Siyosat va Olam.uz

Telegram kanalining logotibi siyosiyolam — Siyosat va Olam.uz S
Telegram kanalining logotibi siyosiyolam — Siyosat va Olam.uz
Kanal manzili: @siyosiyolam
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.51K
Kanalning ta’rifi

190919

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-07-19 17:37:09
O‘zbekiston samolyot ishlab chiqaruvchi Boeing kompaniyasi "qora ro‘yxati"ga tushib qoldi

AQSHning Boeing aviasozlik korporasiyasi o‘z mahsulotlari xaridorlari ro‘yxatidan O‘zbekistonni chiqarib tashladi. Kompaniya shuningdek, Rossiya va unga qo‘shib Markaziy Osiyo davlatlarini o‘z mijozlari ro‘yxatidan o‘chirgan. Yaqin 20 yil uchun savdo xaritasida mintaqa alohida rangda ajratib qo‘yildi. 2041 yilgacha bu hududlarga samolyotlar yetkazib berish rejalashtirilmayapti.

@siyosiyolam
1.8K views14:37
Ochish/sharhlash
2022-07-19 08:46:18 Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, respublika hududlarining doimiy aholisi soni quyidagicha:

Samarqand viloyati – 4 069,3 ming kishi

Farg‘ona viloyati – 3 931,1 ming kishi

Qashqadaryo viloyati – 3 438,6 ming kishi

Andijon viloyati – 3 283,8 ming kishi

Toshkent viloyati – 2 962,5 ming kishi

Namangan viloyati – 2 959,3 ming kishi

Toshkent shahri – 2 909,5 ming kishi

Surxondaryo viloyati – 2 771,1 ming kishi

Buxoro viloyati – 1 990,4 ming kishi

Qoraqalpog‘iston R. – 1 962,4 ming kishi

Xorazm viloyati – 1 936,6 ming kishi

Jizzax viloyati – 1 457,7 ming kishi

Navoiy viloyati – 1 044,0 ming kishi

Sirdaryo viloyati – 887,1 ming kishi

O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
@siyosiyolam
1.7K views05:46
Ochish/sharhlash
2022-07-16 14:11:49
O‘zbekiston ilk bor shaxmat tarixida dunyo reytingida TOP-20 talikka kirdi

Xalqaro shaxmat federasiyasi — FIDE tomonidan yuritiladigan jahon shaxmat reytingida O‘zbekicton ilk bor kuchli 20 talikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. 2022 yil iyul oyi reytingiga asosan, O‘zbekiston jahon shaxmat reytingida 19-o‘rinni egalladi.

Dunyo reytingini mos ravishda AQSH, Rossiya, Xitoy boshqarib bormoqda.
@siyosiyolam
2.0K views11:11
Ochish/sharhlash
2022-07-13 12:26:47
positive thinking
2.3K viewsedited  09:26
Ochish/sharhlash
2022-07-12 19:41:09
#Yoshlar_yetakchisi

Aziz yoshlar, sizlarning muammolaringiz bormi? Yechishga qiynalyapsizmi? Unda hoziroq mahalladagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiling!

Videolavhani tomosha qilib, savollaringizga javob oling!

Telegram | Facebook | Instagram
2.5K views16:41
Ochish/sharhlash
2022-07-12 05:00:14 Shri-Lanka bu holatga qanday tushib qoldi?

Shri-Lankada to'polonlar ortidan bosh vazir Ranil Vikramasingxe va prezident Gotabaya Rajapaksa shanba kuni iste'foga chiqishga rozi bo'ldi. Mamlakat bu kunlarga qanday kelib qoldi?

Bu savolga ikkita so'z bilan javob berish mumkin: korrupsiya va layoqatsiz boshqaruv.

Rajapaksa 2019-yilda prezident etib saylanganidan so‘ng mamlalat tarixidagi eng katta soliq imtiyozlarini e'lon qildi. Natijada mamlakat g'aznasi yiliga kamida 1,4 milliard dollar yo'qotishga uchradi. Tashqi qarzlar miqdori esa oshib bordi.

Xalqaro reyting agentliklari mamlakat reytingini pasaytirgandan so'ng hukumat soliq imtiyozlarini bekor qilishga majbur bo'ldi, ammo chetdan qarz olish allaqachon qimmatroq bo'lib ulgurgan edi.

Noto'g'ri siyosat faqat bu bilan tugamaydi.

O'tgan yili prezident Rajapaksa ximikatlardan xoli organik mahsulotlar yetishtirish da'vosi bilan kutilmaganda kimyoviy o'g'itlar importini taqiqlab qo'ydi. Bu esa qishloq xo'jaligi sektorini deyarli ishdan chiqardi va sholi ekish keskin kamaydi. Keyinroq bu qaror ham bekor qilindi. Ammo endi ancha kech edi. Dehqonchilikni qayta rivojlantirish uchun yana xorijdan qarz olindi.

Global pandemiya muhim daromad manbai bo'lgan turizmni ham to'xtatib, mamlakat yillik 3 milliard dollarlik tushumdan ayrildi.

Mahalliy valyuta 80 foiz qadrini yo'qotdi. Hozir mamlakatda oziq-ovqat, gaz, sut va hatto hojatxona qog'ozini import qilish uchun ham deyarli pul yo'q. BMT ma'lumotiga ko'ra, oziq-ovqat inflyatsiyasi Shri-Lankada 57 foizdan oshgan.

Davlatning qancha qarzi bor?

Shri-Lankaning 51 milliard dollar tashqi qarzi bor va bu qarzlar uchun foizlarni to'lash uchun hukumatda pul yo'q. Mamlakat hozirda Hindistondan olingan 4 milliard dollarlik kredit liniyasi bilan kun ko'ryapti. Yana defoltga uchramaslik uchun bu yil faqat qarz foizlarining o'ziga 7 milliard dollar to'lash kerak. Hukumat Xalqaro Valyuta Jamg'armasidan (XVJ) 3 milliard dollar favqulodda kredit so'ragan. XVJ buning uchun soliq va foiz stavkalari oshirilishini talab qilmoqda. Shri-Lanka, shuningdek, "Katta yettilik" va Xitoy bilan qarzlarni qaytarish shartlarini yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

Iqtisodiy halokat xavfi bilan yuzlashayotgan faqat Shri-Lanka emas

Tashqi qarz yuki ostida defolt xavfi bilan yuzlashayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. Salvador, Gana, Misr, Tunis, Pokiston kabi bir qator mamlakatlarda shunday xavf yuqori ekani aytilmoqda.

Kelayotgan oylar va yillarda pandemiya, Ukraina urushi bilan bog'liq iqtisodiy muammolar, inflyatsiya, iqtisodiy turg'unlik xavfi ko'plab rivojlanayotgan davlatlar uchun iqtisodiy vaziyatni yanada og'irlashtiradi.

Bunday sharoitda hukumatlar imkon qadar imtiyozlarni, davlat xarajatlarini kamaytirishi kerak. Qarz olishda yetti o'lchab bir kesish va olingan qarz optimal tarzda ko'zlangan maqsadlar uchun ishlatilishi juda muhim. Xalqqa yoqadigan populistik, qisqa muddatli siyosatlardan, imtiyozlardan tiyilib, uzoq muddatda iqtisodiyotni rivojlantiradigan rejalar ustida ishlash kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki maksimal darajada qisqartirilishi lozim.

@siyosiyolam
2.1K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-07-09 01:35:24 Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin
@siyosiyolam
2.1K views22:35
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:33:01 Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Ertaga Qurbon hayitining ilk kuni, ya’ni ishlanmaydigan bayram kuni, bugun esa arafa. Demak, bugun ishga chiqqan barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
@siyosiyolam
2.4K views05:33
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:07:41 Rossiya Qora dengizdagi portdan Qozog'iston neftining xorijga eksport qilinishini taqiqlabdi. Bu ishni amalga oshiruvchi kompaniya portdagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani bahona qilib ko'rsatilgan.

Qozog'iston xorijga sotadigan neftining 80 foizini quvur orqali shu portdan jo'natadi va bu miqdor bir kunda 1-1,5 million barrelni tashkil qiladi.

So'nggi paytlarda Kremlga xush yoqmaydigan bayonotlarni berib kelayotgan Qozog'iston Rossiyadan shu tariqa javob oldi. Bu faqat boshlanishi, ya'ni ogohlantiruvchi signal bo'lsa, ajab emas.

Ayni paytda bu ish G'arbning neft ta'minotidagi beqarorlikni yanada oshiradi.

Bu siyosiy qaror ekani aniq va bu chora orqali Putin bir o'q bilan ikkita quyonni urmoqchi:

1) Shundoq ham neft narxi qimmat va beqaror bo'lgan bir paytda xalqaro bozordagi qora oltin hajmini yanada kamaytirib, G'arbni jazolash;

2) Qozog'istonni jazolash.

@siyosiyolam
2.3K views16:07
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:08:26
Isroilda Covid-19 ga qarshi emlanganlar deyarli 72% ga yaqinlashdi, Birlashgan Arab Amirliklarida esa bu ko'rsatkich 50 % ga yaqinlashdi.

P.S. O'zbekistonda vaksinatsiya jarayoni mart oyida boshlanishi mumkin.
@siyosiyolam
720 views17:08
Ochish/sharhlash