Get Mystery Box with random crypto!

Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI

Telegram kanalining logotibi siyosiyfakt — Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI S
Telegram kanalining logotibi siyosiyfakt — Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI
Kanal manzili: @siyosiyfakt
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 975
Kanalning ta’rifi

Siyosat olamidagi barcha statistikalar, infografikalar, yangiliklar, shuningdek qiziqarli maqolalar faqat bizda.

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-08-29 17:52:14 Bag‘doddagi Respublika saroyida namoyishchilar va huquq-tartibot kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi

@SiyosiyFakt
375 viewsedited  14:52
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:49:05 Oʻzbekiston oltin valyuta zaxiralari boʻyicha dunyoda 63-oʻrinda bormoqda. Sobiq Ittifoq davlatlari ichida bu borada 5-koʻrsatkich qayd etilgan.

Global Fire Power maʼlumotlariga koʻra, 2022 yil iyul holatida Oʻzbekistonning oltin valyuta zaxiralari qiymati 16 mlrd dollarni tashkil qiladi.

@SiyosiyFakt
378 views14:49
Ochish/sharhlash
2022-08-29 14:48:26 Britaniya Mudofaa vazirligi kundalik hisobotida Shoygu Ukrainadagi qoʻshinlar qoʻmondonligidan chetlatilganini xabar qildi

Britaniya razvedkasi maʼlumotlariga koʻra, hozirda toʻgʻridan-toʻgʻri frontda joylashgan tezkor qoʻmondonlar Putinni urushning borishi haqida xabardor qilmoqdalar.

@SiyosiyFakt
404 views11:48
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:03:37 Germaniya gaz omborlarini muddatidan oldin toʻldirmoqda

Germaniyaning gaz omborlari Rossiyadan gaz yetkazib berishni qisqartirganiga qaramay, rejalashtirilganidan tezroq toʻldirilmoqda, dedi Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek.

Sentabr oyining boshiga kelib Germaniya oktabr oyi uchun 85 foizlik taʼminot rejasini bajara oladi, dedi u. Hozir gaz omborlari 82 foizga toʻlgan.

"Bunga, birinchidan, yozda gaz sarfini kamaytirish, shuningdek, boshqa yetkazib beruvchilardan gaz xarid qilish hajmini oshirish hisobiga erishildi".

Noyabr oyiga qadar YeI direktivasi Germaniyadagi gaz omborlarini 95 foizga toʻldirish zarurligini koʻzda tutadi.

@SiyosiyFakt
444 views08:03
Ochish/sharhlash
2022-07-14 08:24:06
Britaniya Bosh vaziri saylovining ikkinchi bosqichiga olti nafar nomzod yoʻl oldi

Buyuk Britaniyaning sobiq moliya vaziri Rishi Sunak birinchi turda 88 ovoz bilan eng koʻp ovoz oldi.

@SiyosiyFakt
97 views05:24
Ochish/sharhlash
2022-07-14 07:02:41 Ukrainada qarshi hujum uchun mobil havo hujumidan mudofaa tizimlari va zirhli texnika yetishmaydi, dedi Zelenskiy idorasi rahbari maslahatchisi Arestovich‌‌

@SiyosiyFakt
144 views04:02
Ochish/sharhlash
2022-07-13 20:04:49
Янги 200000 сўмлик билан 20000 сўмликни фарқлаб олишни ўрганиш керак. 5000 лик билан 50000 ликдаги нолларни санаш жонга тегувди ўзи))
Карикатура: @habikatura
255 views17:04
Ochish/sharhlash
2022-07-13 11:09:21 Amaldagi banknotlar soni 12taga yetmoqda

Shu yil boshida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 200 ming so‘mlik kupyura 2024-yilga borib muomalaga chiqishi mumkinligini aytgandi. Oxirgi paytlarda naqd pul yetishmovchiligi muammosi yuzaga kelib, bankomatlarda navbatlar ko‘paygani bu muddatni ortga surmaslikka turtki bergan bo‘lishi mumkin.

Shu tariqa, indinga – juma kuni yangi kupyuralarning ilk sohiblari (asosan bank xodimlari va bankda tanishi borlar) ijtimoiy tarmoqlarda yangilikni ko‘z-ko‘z qilishi mumkin.

Shu bilan O‘zbekistonda muomaladagi kupyuralarning turlari soni 12taga yetadi. Eski banknotlar tezroq yig'ishtirib olinmasa, bunday xilma-xillik noqulayliklar tug'dirishi tayin.

Manba: Xpress

@SiyosiyFakt
301 views08:09
Ochish/sharhlash
2022-07-13 10:50:29
#Tezkor #DIQQAT

2022-yilning 15-iyulidan boshlab nominal qiymati 200 000 soʻm boʻlgan banknot koʻrinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqariladi.

@SiyosiyFakt
329 views07:50
Ochish/sharhlash
2022-07-13 10:37:53 Iqtisodchi O‘zbekistonda benzin nega qimmatligini aytdi

Otabek Bakirov jahonda neft narxi 100 dollardan pasayganiga qaramay, O‘zbekistonda benzin narxi o‘sishda davom etayotgani haqida gapirib, shunday dedi:

“Haddan tashqari monopollashgan va o‘ta tor manfaatlarga xizmat ko‘rsatuvchi neft qazib olish, benzin ishlab chiqarish, import qilish, taqsimlash va sotish tizimi xaridorlardan, ayniqsa xarid qobiliyati eng past iste’molchilardan maksimum narxni sug‘urib olishga asoslangan”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda neftning 80 foizini “Sanoat energetika guruhi” MChJ (sobiq Jizzakh Petroleum) qazib oladi, u bunday katta huquqni qanday qo‘lga kiritgani ma’lum emas. Kiprdagi ofshorga borib taqaladigan bu kompaniya mart oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini sotib olgandi.

@SiyosiyFakt
326 views07:37
Ochish/sharhlash