Get Mystery Box with random crypto!

HOJILAR 14-IYULDAN YURTIMIZGA QAYTADI “Haj – 2022” dasturi | Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI

HOJILAR 14-IYULDAN YURTIMIZGA QAYTADI

“Haj – 2022” dasturi doirasida ziyoratchilarimiz shu yil 14-iyul–4-avgust kunlari yurtimizga qaytib keladi.

Oʻzbekistonga qaytuvchi hamyurtlarimiz oʻz parvozlarini Jidda shahridan Oʻzbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. Unda jami 12 mingdan ziyod yoʻlovchi tashish reja qilingan.

“Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli oʻtkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bortkuzatuvchisi jalb etilgan. Ushbu yoʻnalishdagi aviaqatnovlar Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi. Yurtdoshlarimizga havo sahnida turli taom va ichimliklar taklif etiladi.

Alloh taolo hojilarimizning hajini mabrur qilib, eson-omon yurtimizga kelishini nasib aylasin!

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

@SiyosiyFakt