Get Mystery Box with random crypto!

O'rtacha sof maosh bo'yicha global reytingda O'zbekiston 106 m | Siyosatshunoslik

O'rtacha sof maosh bo'yicha global reytingda O'zbekiston 106 mamlakat ichida 96-pog'onada. Reytingni Numbeo loyihasi taqdim etgan.

Unga ko'ra, O'zbekistonda o'rtacha maosh 278 AQSh dollariga teng. Bu MDH davlatlari orasida qayd etilgan eng past ko'rsatkichdir.

O'rtacha sof maosh Rossiyada 846, Belarusda 481, Qozog'istonda 419, Ozarbayjonda 338 dollarga teng. Markaziy Osiyodan Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

Reytingda o'rtacha 5973 dollar maosh bilan Shveysariya yetakchilik qilmoqda. So'nggi o'rinni 144 dollar maosh bilan Shri-Lanka egallagan.

@siyosatshunoslik_1