Get Mystery Box with random crypto!

javdirab boqasan, ko'z yoshing tutib boshqa kelmayman deb icha | Qisqa satrlar

javdirab boqasan, ko'z yoshing tutib
boshqa kelmayman deb ichasan qasam,
qalbim o'likligin bilmaysan huddi
jonsizdan muhabbat talab qilasan

menga qismat ekan ishqsiz yashamoq
bor – yo'g'im bir uy- u bir daxliz alam
bilaman, ko'ngling oq, orzularing oq
dunyodan adolat istaysan sen ham

ammo, ishon, faqat sensan haqiqat
oldingda o'lim ham sevgi ham yolg'on
men bilgan eng sof va pokiza hilqat –
sen eng oq borliqsan, samosan, ishon

O’ktamoy

@sitadel_quote