Get Mystery Box with random crypto!

1. Qiyinchilik ko'ring. Biz qishloqda qattiq mehnat nimaligini | Achieve Yourself!

1. Qiyinchilik ko'ring. Biz qishloqda qattiq mehnat nimaligini ko'rganmiz, shundan qo'rqib o'qiganmiz. Agar o'qishda dangasalik qilsak undan 20 baravar og'ir mehnatda qolishimizni tushunganmiz. Sizda katta ehtimol bilan bunaqa vaziyat yo'q. Unga eng yaqin keladigan holat bu 18 yoshdan keyin moliyaviy mustaqil bo'lishga o'rganing. Shaxsan meni mana shu narsa birinchi ishimni topishimga va mustaqil bo'lishimga undagan. (O'zi umuman o'g'il bolada shunaqa xarakter bo'lmasa ertaga oilaning mas'uliyatini bo'yniga ola olmaydi). O'zi mustaqil bo'lmagan odam mustaqil oila qurolmaydi.

2. Dangasalik ko'pincha tushunmaslikdan kelib chiqadi. Shuning uchun qandaydir maqsad qo'yganda aniq yo'l yo'riqni belgilang. Natijani aniq tasavvur qiling va aniq tezkor yutuqqa ega bo'ling. Masalan katta dastur tuzmoqchi bo'lsangiz uni kichik mustaqil qismlarda yig'ing. Har bir qism tugagach do'stlaringizga ko'rsating. Odatda dasturchilar qiziq loyiha ustida ishlaganda boshqalarni qoyil qoldirishi oson. Bu miyyaga darhol dopamin beradi va yutuqdan ilhomlanib yana ishlayerasiz.

Qisqaroq qilib aytganda: vazifani o'zingiz belgilang, aniq tasvirlang, haddan tashqari oson yoki qiyin bo'lmasin va tezkor rag'batlantiradigan bo'lsin.

@sirojiddinbobokulov