Get Mystery Box with random crypto!

Okean 45-qism Jayrona aytganidek bugun xamkorlar bilan uchrash | 🥀🥀Dardim Ichimda🥀🥀

Okean
45-qism
Jayrona aytganidek bugun xamkorlar bilan uchrashdi,ular bilan ancha yildan beri xamkorlik qilayotgani uchun ancha yaqin bòlib ketgandi.
Kechasi mashinada Jayrona uyga qaytar ekan bir tarafdan xursand bir tarafdan xafa edi
Xursandligini sababchisi Laylo gapira oladi,xafaligi sababchisi Jaxonadan darak yòq,ancha bòldi gaplashmaganlariga.
Jayrona shularni òylab
—xa mayli,Londonga borsam gaplashib olarman — deb qòydi.
Biroz vaqt òtib uyiga keldi (albatta Mironni kuzatuvi ostida)
Jayrona uyga keldi uni uy xizmatchisi qarshiladi
—xush kelibsiz xonim — deb qòlidagi sumkasini oldi
—xush vaqt bòlinglar,Laylo qayerda?—
—zalda edilar — dedi sekin
—nega endi,yoki kimdir mexmonga keldimi ?— deb sòradi Jayrona xatto mexmon kelsa xam bu zalga kirgizmasdi,mexmon xonaga kirgizardi,odatta bu xonaga xech kimni kirgizmasdi
—yòq,xech kim kelmadi — dev xizmatchi biroz boshini egdi
Jayrona bu qizdan bir gap chiqishi qiyinligini sezib òzi zalga bordi.
Borib qarasa uzun stòlni òrtasida Laylo xujjatlarda nimalarnidir yozib chizib òtirardi.
Jayrona eshikka suyanib unga biroz qarab turdi va sekin kelib uni ròparasiga òtirdi
—xòsh,nimalar qilyabsan?— dedi
Laylo Jayrona kelganini kòrib shu yerdagi bòsh varoqqa yoza boshladi
—"ishlayotgandim,qayerda ishlashni bilmay shu yerga kelgandim" — deb yozib kòrsatti
Bu yozuvni Jayrona òqib biroz qizdan shubxalandi,lekin keyin òziga kelib Layloni qòlidan ushlab dedi
—Laylo,gózal singlim,ertaga senga òzing ishlashing uchun bir xona tayyorlataman xòpmi,endi boshqa bu xonaga kirma faqat mendan xafa bòlma chunki bu xonada ota-onam òtirardi,ulardan keyin men xatto Jaxonani xam kirgizmaganman,faqat mendan xafa bòlma xòpmi ?— deb qizga qaradi
Laylo biroz tabassum qilib
—xech qisi yòq opajon,sizni tushunaman,xafa emasman — deb yozib kòrsatti
Birozdan sòng Jayrona Layloni zaldan olib chiqib xonasiga kirgizib yubordi va òzi xam xonasiga kirib ketti

Muallif:#DonoShoh