Get Mystery Box with random crypto!

Okean 44-qism Jayrona ofisga kelib xonasiga kirdi va kotibasi | 🥀🥀Dardim Ichimda🥀🥀

Okean
44-qism
Jayrona ofisga kelib xonasiga kirdi va kotibasini chaqirdi
—mumkinmi ?— deb yordamchisi kirib keldi
—xa kelaver — deb Jayrona kompyuterini yoqdi
—bu xaftadagi rejalarni ayt — dedi qizga
—bugun deyarlik muxim uchrashuvingiz yòq,ertaga ( ... )shu manzilda majlis bor sizni chaqirishgan undan keyin bòshsiz,keyin 2kundan keyin xamkorlar bilan uchrashuvingiz bor,xa yana bir narsa Jaxona xonim bu yerdaligida qaysidir ofis bilan suxbatlashgan ekanlar,yani Jaxona xonim boshqa yerda xam shunday ofis ochmoqchi bòlgan ekanlar u taraf yordam bermoqchi ekan shunga ular shuni gaplashmoqchi edilar — deb qiz Jayronaga qaradi
Jayrona bularni eshitib biroz òylanib turdi va
—2kundan keyin xamkorlar bilan bòladigan majlisni bugunga kòchir,keyin anau ofisdagilarga xam ayt Jaxona xonim xozirda Toshkentda emas,men muxim ish bilan jònattim,u qaytsa bu ishni yana bir bor kòrib chiqamiz — dedi
Kotiba qiz
—mayli,unda uchrashuvni bugunga òtkazaman —deb yon daftarchasiga nimalarnidir yozdi
—xa yana bir gap — dedi Jayrona
—Juma kuniga Londonga 2ta bilet ol — dedi
Kotiba xam mayli deb chiqib ketti
Jayrona iloji boricha xamma ishlarini tez tez yakunlashga xarakat qilayotgandi.

Bu gaplarni Miron eshitib otasini yoniga bordi
Taq taq taq
—kir — degan ovoz keldi xonadan
Miron sekin kirib bordi
—nima gap?— deb sòradi Maxmud amaki jiddiylik bilan
—Jayrona Londonga ketayotgan ekan — dedi Miron xali xam tik turar xolatta
—nega?— dedi biroz qoshlarini chimirib
—Layloni doktorlarga kòrsatgan ekan,ular aytishicha qiz gapirar ekan shunga operatsiya qilish kerak ekan u Londa bòlar ekan — deb javob berdi Miron
Maxmud amaki biroz òylanib turib
—axr u yoqda Jaxona borku— dedi
—opa-singil orasi yaxshi emas dada,Jaxona Londonga ketgandan beri bor yoĝi 2marta qònĝiroq qildi Jayronaga —dedi Miron
—xmmm — deb qòydi Maxmud amaki biroz boshini irĝan
—men xam ular bilan ketaman dada — dedi Miron
—albatta,Jayrona va Jaxonani soĝligi muxim — dedi Maxmud amaki
—unda borib bilet olay — deb ketishga shaylandi
—Mansurdan xabar bormi?— deb sòradi Maxmud amaki
Miron bu vaqtda eshik yoniga borgandi orqasiga ògirilib
—yòq dada,xali xech qanday tovush chiqarmayabdi — dedi
Maxmud amaki esa derazadan tashqariga qarab
—bu tòfon oldidan sukut — dedi
—mayli dada men kettim — dedi Miron,lekin Maxmud amakidan xech qanday sado bòlmagach xonadan chiqib ketti

Muallif:#DonoShoh