Get Mystery Box with random crypto!

Sirli kitobxonlar

Telegram kanalining logotibi sirli_kitobxon — Sirli kitobxonlar S
Telegram kanalining logotibi sirli_kitobxon — Sirli kitobxonlar
Kanal manzili: @sirli_kitobxon
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11
Kanalning ta’rifi

Kitoblar va yolg'izlik
Kitobxon 📖
Chalayozuvchi ✍🏻

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-20 20:08:02 #playlist

Agarda pullar qila olganida baxtliroq
Balki hozir yonimda bo'larmiding ketmasdan yiroq
Balki bo'lmasdi bunchalar ko'p sen tomon javobsiz qo'ng'iroq
Agarda pullar qila olganida seni sal bo'lsa ham yana baxtliroq...


t.me/sirli_kitobxon
63 views17:08
Ochish/sharhlash
2022-08-20 19:41:02 ​​#taqriz

Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asariga taqriz

Xudoyberdi To'xtaboyev qalamiga mansub "Mungli ko'zlar" asari adibning eng qayg'uli asarlaridan biri hisoblanadi. Bu romanni ko'pchilik ko'zlarida yosh bilan mutolaa qiladi.
Akbarjon tirishqoq, halollik va poklikni ulug'lovchi, haqiqat uchun ojizgina qalbi bilan kurashuvchi obraz, ammo taqdiri fojiali yakun topadi. Asar 16 yoshli Zafar tilidan hikoya qilinadi. Asar qahramoni judayam boy yashaganlaridan maktabning old yigitlari qatorida yurgani uchun faxrlanishi achinarli hol, albatta. Chunki uning otasi ombor mudiri nafsi hakalak otgan Saidjon Karimovdir. Hamma ota-ona farzandlari tug'ilgandan keyin eng nurafshon yaxshi kunlar farzandimga bo‘lsin, nuridiydam men ko'rmagan kunlarni ko'rsin deya harakat qiladi. Lekin bu boyliklar halol mehnat orqali topilsa-yu mayliga, bu yo'lga ota ham, ona ham kirishi odamni chuqur o'yga toldiradi. Bu uyda faqatgina Akbar ota-onasining boyligi bilan faxrlanmaydi. Otasiyu onasini halol mehnat bilan rizq topishlarini istaydi, u doim o'z oilasini Ataullo domla oilasiga qiyos qiladi, shu sababli ham kutilmagan qarorni qabul qiladi. U Militsiyaga o'z ota-onasini qo‘rqitib qo‘yish uchungina tutib beradi.Taassufki, ish butunlay boshqacha tus oladi, ota qamaladi ona ham qamoqda vafot etadi.Buni kutmagan Akbar ham o'z joniga qasd qiladi. Ota-onaga farzandi kulib yursa bas, shuningdek, farzand ham doimo o'z ota-onasi yonida bo'lgisi ularning mehrini his qilgisi keladi. Bolalarga ota-onani oltinlari, mashinalari, qo'sha-qo'sha uylari kerak emas. Ularga ozgina mehr bo'lsa bo'ldi, shu yetarli.
Asarni o'qir ekansiz, shu arzimagan oltin - yaltiroq toshlar insonlar uchun shu qadar aziz, shu qadar qadrli, hatto o'z hayotidan afzal ekanligini o'ylab o'yga tolasiz. Nahotki, biz shu darajaga borib yetdik!? Yozuvchi kelajak avlodning taqdiri shu ko'zlari mungli bo'lgan bolalar kabi bo'lib qolmasligi uchun ham shu asarni yozgan, deb o'ylayman.


t.me/sirli_kitobxon
62 views16:41
Ochish/sharhlash
2022-08-20 17:53:02
Qaysi asarni o'qishni maslahat berasiz?
Final Results
90%
"Jimjitlik" Said Ahmad
10%
"Shinelli yillar" Shuhrat
10 voters62 views14:53
Ochish/sharhlash
2022-08-20 16:53:31 #book

Xudoyberdi To'xtaboyev
Mungli ko'zlar


t.me/sirli_kitobxon
69 views13:53
Ochish/sharhlash
2022-08-19 20:47:02
#qiziq

Kitob bilan pichoqning o‘g‘risi bo‘lmaydi, deyishadi. Ya’ni, kitob o‘g‘irlaganlar o‘g‘ri hisoblanmas ekan. Shu mavzuda bahs-munozaralar ham bo‘lgandi. Xullas, o‘g‘irlikmi, o‘g‘irlik, katta-kichigi, og‘ir-yengili bo‘lmaydi, uning yagona nomi o‘g‘irlik, tamom. Fanda kitob o‘g‘rilari bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumberg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitobni o‘g‘irlagan. Uning kutubxonasining narxi 20 million dollardan oshadi.

info capital books

t.me/sirli_kitobxon
76 views17:47
Ochish/sharhlash
2022-08-19 17:23:54 #iqtibos

Har qanday sudga chap berish mumkin, lekin vijdon sudiga chap berib bo'lmaydi.

"Mungli ko'zlar"
Xudoyberdi To'xtaboyev

t.me/sirli_kitobxon
78 views14:23
Ochish/sharhlash
2022-08-18 17:20:17
#qiziq

Ma’lumotlarga qaraganda, 81% odamlar kitobni faqatgina sovg‘a qilish uchun sotib olarkan. 14% odamlar kitobni yig‘ish, kolleksiya yaratish maqsadida xarid qiladi. Kitob o‘quvchilar esa dunyo aholisining atigi 5% ini tashkil etarmish...

t.me/sirli_kitobxon
151 views14:20
Ochish/sharhlash
2022-08-18 11:15:46 #iqtibos

... Tan azobidan ruhiy azob og'irroq bo'ladi, uni hamma ham ko'tarolmaydi, mayib bo'p qolishi mumkin. Mayib bo'lib o'sayotgan bolalar ozmi hozir? Ba'zi ota-onalarga hayronsan, bolaga uning boyligi emas, iliq nafasi, mehri, qalb harorati kerak, buni tushunishmaydi. Qorni to'q bo'lsa, ostida mashina-yu, nomida uchastka bo'lsa bas, deyishadi. Lekin bilishmaydiki, xuddi shu paytda bola ma'naviy jihatdan tubanlasha boshlaydi.

"Mungli ko'zlar"
Xudoyberdi To'xtaboyev

t.me/sirli_kitobxon
82 views08:15
Ochish/sharhlash
2022-08-18 07:15:20 #iqtibos

Boylik bilan jinoyatning orasi bir bahya...

"Mungli ko'zlar"
Xudoyberdi To'xtaboyev

t.me/sirli_kitobxon
75 views04:15
Ochish/sharhlash
2022-08-17 19:22:01 #iqtibos

Odamlar bir-birini kechirib yashashi kerak, bo'lmasa hayot zahar-zaqqumdangina iborat bo'lib qoladi...

"Mungli ko'zlar"
Xudoyberdi To'xtaboyev

t.me/sirli_kitobxon
72 views16:22
Ochish/sharhlash