Get Mystery Box with random crypto!

'YOSH KITOBXON'GA MARHAMAT! Yorqinjon Hayitboyev - otasi dehq | SIRDARYO YOSHLARI

"YOSH KITOBXON"GA MARHAMAT!

Yorqinjon Hayitboyev
- otasi dehqon, onasi uy bekasi. Mirzaobod tumanidagi 15-maktabni tamomlagan. Hozirda talaba. 2022-yil "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo'ldi va "Prezident sovg‘asi" - "Spark" avtomashinasi bilan taqdirlandi. Oradan ikki oy o‘tib, Prezidentimiz qarori asosida "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotni shaxsan Prezidentning o‘zi Yorqinjonga taqib qo'ydi. Birgina tanlov oddiy oila farzandining hayotini butkul o‘zgartirib yubordi.

Siz ham dadangizga mashina sovg‘a qilmoqchimisiz? Siz ham Davlat mukofoti bilan taqdirlanishni orzu qilasizmi? Asosiysi, kitoblarni yaxshi ko‘rasizmi? Unday bo‘lsa, @yoshkitobxon_bot orqali "Yosh kitobxon" tanlovi uchun ro'yxatdan o'ting.

@yoshlar_sirdaryo