Get Mystery Box with random crypto!

Yangiyerda chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan b | Sirdaryo.uz

Yangiyerda chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning 3 nafari uyli bo‘ldi

Davlatimiz rahbari topshirig‘i, hukumat qaroriga ko‘ra chin yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turar joylar berish amaliyoti doirasida Sirdaryoda ham ijobiy ishlar olib borilmoqda. Bunday toifadagi yoshlarga 18 yoshga to‘lganida ko‘p kvartirali uylardan bir xonali, agarda oila qurgan bo‘lsa, ikki xonali kvartira ajratish ko‘zda tutilgan.

Yangiyer shahrida shunday yoshlardan uch nafariga xonadon kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

“Har kim o‘z shaxsiy uyi bo‘lishini xohlaydi. Bolalar uyida tarbiyalangan vaqtimizda buni orzu qilardik. Orzularimizni amalga oshirgan Prezidentimizga mingdan-ming rahmat! Bu otalarcha mehrni Vatanimizga xizmatimiz bilan qaytaramiz!”

Ushbu minnatdorlik so‘zlarini yangi xonadon egalari bo‘lgan har bir yosh ko‘zida quvonch yoshi bilan aytdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site