Get Mystery Box with random crypto!

​​Sirdaryo viloyati rahbar xodimlari Davlat boshqaruvi akademi | Sirdaryo.uz

​​Sirdaryo viloyati rahbar xodimlari Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan amaliy seminarda ishtirok etmoqda

Davlat boshqaruvi akademiyasida 16-18 dekabr kunlari 2022-yilda hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish "Yo‘l xaritasi"ni tayyorlash hamda kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari, tumanlar va shaharlar hokimlari uchun amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Amaliy-seminarning birinchi kuni tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratilgan bo‘lib, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash, yangi joriy etilgan hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha drayver sohalarni aniqlash, mahallalarda oilaviy tadbirkorlik dasturlarini amalga oshirish, kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali ishsiz aholining bandligini ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site