Get Mystery Box with random crypto!

Tashqi reklama vositalarining qonunga mosligi o‘rganilmoqda G | Sirdaryo | Onlayn

Tashqi reklama vositalarining qonunga mosligi o‘rganilmoqda

Guliston shahri hokimligi va viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida Guliston shahri Toshkent yo'li ko'chasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqarilgan tashqi reklama vositalarining qonunga mosligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlariga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakligi, savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirish xatlari berildi.

Bugungi kunda o‘rganish olib borilgan tadbirkorlik subyektlarining e’lonlari, nomlari davlat tilida yozilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Eslatma o‘rnida, «Davlat tili haqida»gi qonun talablariga ko‘ra, biror reklama yoki eʼlon, ko‘rgazmali yozuvlar bo‘lsa, avval davlat tilida, yaʼni o‘zbek tilida, keyin boshqa tillarda yozilishi shart.

@SirdaryoOnlayn