Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 3-iyun kuni Jahon atrof—muhitni muhofaza qilish | Sirdaryo | Onlayn

Joriy yilning 3-iyun kuni Jahon atrof—muhitni muhofaza qilish kuni hamda Bolalar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan “Eko-festival Guliston” xalqaro festivaliga marhamat!

Festival oʻtkaziladigan manzillar roʻyxati.

Soat 10:00 dan - 12:00 gacha “Biz chiqindilarga qarshimiz” plogging eko-musobaqasi Guliston shahri Boʻston mahallasida boʻlib oʻtadi.

Soat 12:00 dan - 14:00 gacha Sirdaryoning milliy taomlari nomi asosida “Gastronomik festivali” Guliston markaziy istirohat bogʻida boʻlib oʻtadi.

Soat 14:00 dan - 16:00 gacha Tadbir ishtirokchilari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida Sirdaryo tumani “Mega lyuks” MCHJda info-tur tashkil etiladi.

Soat 16:00 dan - 18:00 gacha Chavandozlar maktabining otchopar maydonida etnosport milliy sport oʻyinlari (ot ustida kurash, arqon tortish, tosh koʻtarish, merganlik, chillik va boshqalar Boyovut tumani Qaropchi mahallasida boʻlib oʻtadi.

Soat 19:00 dan - 21:00 gacha viloyat musiqali drama teatri maydonida “X-faktor” loyihasi doirasi gala konsert dasturi, milliy liboslar festivali, hunarmandchilik va yosh rassomlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

@SirdaryoOnlayn