Get Mystery Box with random crypto!

Sindorov Bekzod

Telegram kanalining logotibi sindarov_b — Sindorov Bekzod S
Telegram kanalining logotibi sindarov_b — Sindorov Bekzod
Kanal manzili: @sindarov_b
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19
Kanalning ta’rifi

Dasturlash
💥Dasturlash bo'yicha har xil amaliyotlar.
🧑‍💻https://t.me/sindorov_bekhzod1🧑‍💻

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-20 09:37:44 @yangi_yil2022_bot boti sotiladi.

Bot azolari 563 ta hammasi aktiv

Admin panel bor

Api yordamida ishlaydi API bezatkas ishlaydi

Php dasturlash tilida yozilgan

Majburiy obunaligi bor

1 oy bons sifatilda tekin ishlatib beriladi

Bot Obunachilari bilan 20$ soatladi kodi ham beriladi hostinga joylashni ham urgatiamiz

Botni olish uchun
@sindorov_bekhzod1 ga yozing

Admin: @sindorov_bekhzod1
Kanal: @sindarov_B
67 viewsedited  06:37
Ochish/sharhlash
2022-12-19 17:29:25 Birgalikda bilim olamiz (xohlasangiz)!

Kevin Budelmann, Yang Kim, Curt Wozniak singari mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan "Brand Identity Essentials" kitobidan muhim qismlarini o'zbek tiliga o'girgan holda blogimga joylab borishga qaror qildim. Bu orqali, avvalo, o'zim uchun yangi bilimlar olaman va kanal kuzatuvchilari uchun ham ozgina foydam tegadi va albatta to'xtab qolgan sahifa faoliyati ham davom etadi degan maqsad bor.

Oldindan, qo'shimcha ma'lumot sifatida aytib o'tishim kerakki, yozilajak ma'lumotlarni iloji boricha diqqatingiz jam paytda o'qishingizni maslahat beraman.


Admin: @sindorov_bekhzod1
Kanal: @sindarov_B
88 viewsedited  14:29
Ochish/sharhlash
2022-12-19 12:02:55 Assalomu alaykum hurmatli obunachilar 19.12.2022 kuni @sindarov_b kanalida chelench bo`lmoqda. Chelenchda faqat 3 kishi yutish imkoni bo`ladi.
Birinchi o'ringa: Maker bot.
Ikinchi o'ringa: Nakrutka bot.
Uchinchi o'ringa: Kino bot.
Yasab beriladi yoki php kodi tashlanadi.

O'yinda qatnashish shartlari
@sindarov_b kanaliga azo bo`lib quyingsizlar va saot 21:30 da kim birinchi 3 ta odam @sindorov_bekhzod1 ga "Omad" deb yozsa shu odamlar g`olib buladi.

Admin: @sindorov_bekhzod1
Kanal: @sindarov_B
83 viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2022-12-19 11:41:15 Blog haqida yanayam yaxshi tushunchaga ega bo‘lishingiz uchun Wikipedia ma’lumotlarini keltirib o‘taman.

Blog (inglizcha web log - "veb-jurnal" soʻzidan olingan) bu veb-saytning bir koʻrinishi boʻlib, undagi maqolalar xronologik tarzda yoziladi. Aksariyat bloglarda maʼlum bir mavzuga tegishli yangilik yoki sharh chop etiladi; boshqalari esa shaxsiy onlayn kundalik sifatida xizmat koʻrsatadi.

Washington Profile malumotlariga ko'ra birinchi blog varaqasiga 1992-yili TIM BERENS-Li tomonidan yangiliklar nashr etilgan. 1996-yili bloglardan foydalanish keng ommaga yoyildi. 1999-yil avgust oyida San-Fransiskolik PYRA LABS kompaniyasi Blogger saytini ochdi. U birinchi bepul blog xizmati edi. Keyinchalik Blogger "Google" kompaniyasi tomonidan sotib olindi. 2004-yili Apple kompaniyasi hali rasmiy e’lon qilinmagan yangi maxsulotlari haqida blogerlar ma’lumotlar tarqatganligi uchun blogerlarni sudga berdi, ammo natijada sudda yutqazib qo‘yishdi. 2006-yili sud blogerlar ham jurnalistlar ega bo‘lgan huquqlarga ega deb qaror chiqardi.

Blogning o‘zi ham bir qancha turlarga bo‘linar ekan:

Mualliflik turlariga ko`ra.
• Shaxsiy blog — bir kishi tomonidan yuritiladi. (qoidaga ko`ra blog egasi tomonidan).
• «Timsoliy» blog — malum bo`lmagan noaniq shaxs tomonidan yuritiladi..
• Jamoali yoki ijtimoiy blog — blog egasi aniqlab bergan malumotlar asosida bir gurux shaxslar tomonidan yuritiladi.
• Jamiyat blogi — bir tashkilot azolari tomonidan yuritiladi.

Multimediya turlariga ko`ra.
• Matnli blog — matnlar asosida tuzilgan blog.
• Suratli blog — suratlar asosida tuzilgan blog.
• Musiqiy blog — musiqalar asosida tuzilgan blog.
• Video blog — video fayllar asosida tuzilgan blog.

Texnik asoslariga ko`ra
• Stand alone blog — aloxida hosting va dvijkali blog
• Blog-platforma— blog xizmati kuchi asosidagi blog (LiveJournal, LiveInternet va h.k).
• Moblog — mobil veb blog, kontentli.


Admin: @sindorov_bekhzod1
Kanal: @sindarov_B
75 viewsedited  08:41
Ochish/sharhlash
2022-12-19 11:34:58 Vizual uslub

Barqaror o'ziga xoslik dasturini yaratish shunchaki beysbol kepkasi va polo ustkiyimiga brend belgisini xato yopishtirishdan ko'proq narsani o'z ichiga oladi. Qo'shimcha vizual elementlarning uslubi (fotosuratlar, illyustratsiyalar va hokazo) haqiqiy o'ziga xoslik dasturini aniqlashga yordam beradi.

Ba'zan dizaynerlar aniq, shubhasiz narsalarni e'tiborsiz qoldiradilar. Albatta, aniqlik va oddiylik o'rtasida nozik chiziq bor va siz uni kesib o'tishni xohlamasligingiz tabiiy. Shuni yodda tutingki, san'at va dizayn turli maqsadlarga xizmat qiladi. San'at — bu birma-bir muloqot bo'lsa, Dizayn ma'lum bir odamlar guruhi bilan bevosita muloqot qilish demakdir. Ma'lum dastur uchun fotografiya yoki illyustratsiya uslubini ishlab chiqishda siz aniqlikni murakkablik bilan almashtirishingiz shart emas. Ko'pgina dasturlar murakkab va shu qatorda tushunarsiz tasvirlardan foydalangan holda ishlamoqda. Siz ham ularga ergashib, tuzoqqa tushasiz va hech qanday muloqotni amalga oshirolmay qolaverasiz.

Kirishimli (communicative) tasvirlardan oqilona foydalanish muayyan dasturning vizual ohangini kuchaytiradi va ba'zi hollarda o'rnatadi ham.

Kuchli va aniq tasvir uslubi dasturning estetik mohiyatini aniqlashda muhim rol o'ynaydi. Xoh u rangli yoki oq-qora fotosuratlar bo'lsin, xoh tahririy yoki abstrakt illyustratsiyalar.

Anglash murakkablik qilishi mumkin. Qayta-qayta o'qishni maslahat beraman. Qiziqqanlarga yuborish esdan chiqmasin!


Admin: @sindorov_bekhzod1
Kanal: @sindarov_B
64 viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2022-12-19 11:33:07 ​​ Microsoft Word uchun tezkor kombinatsiyalar

Ctrl+B
Matnni to‘q qora rangga bo‘yaydi. (Qalinlashtiradi)

Ctrl+U
Matnning ostiga chizadi.

Ctrl+I
Matnni og‘ma shaklga o‘tkazadi.

Ctrl+L
Paragrafni chap tomonga suradi.

Ctrl+R
Paragrafni o‘ng tomongga suradi. Ushbu kombinatsiyani ikki marta bosish paragrafni chap tomonga suradi.

Ctrl+J
Paragrafni tekislaydi. Ushbu kombinatsiyani ikki marta bosish pragrafni chap tomonga suradi.

Ctrl+K
Giperhavola (ssilka) yaratadi.

F7 Key
Imloni tekshirishni boshlaydi.

Shift +F7 Key
Tezarusni ochadi.
47 viewsTelepostBot, 08:33
Ochish/sharhlash