Get Mystery Box with random crypto!

#voicechat Barchaga xayrli kech ) Yaqinda Cambridge loyihami | Jahongir Siddiqov | Dizayn blog

#voicechat

Barchaga xayrli kech )

Yaqinda Cambridge loyihamizda katta rebranding o’tkazgan edik. Rebranding sabab Cambridge o’quv markazi logotipi va tashqi ko’rinishi yangi ko’rinishiga keldi.

Ushbu katta yangilanish sabab, biz bugun soat 20:30 da rebranding mavzusida Ma’no Branding agentligi vakillari, men va spiker bo'lishni xohlagan dizaynerlar bilan birgalikda voice chat o’tkazishga qaror qildik.

Voice chat davomida nima uchun Rebranding amalga oshirilganligi, ushbu loyiha uchun qanday vazifa, maqsadlar qo'yilgan, nima vazifalar bajarilganligi va umuman olgan hozirgi logotip ko'rinishi haqida batafsil suhbat quramiz.

Mavzu: Cambridge rebranding: muvaffaqiyat yoki "fail"?

Suhbat spikerlari:

Jahongir Po’latov - «Cambridge» o’quv markazi rahbari

Temur Sadi - «Ma’no Branding» agentligi asoschisi va rahbari

Zokir Xolmatov - «Ma’no Branding» agentligi art-direktori

Voice chat davomida tashqi spikerlar qo'shilish imkoni bo'ladi.

Spiker bo’lish uchun shu post izohiga o’zingizni qiziqitirgan savollaringizni va rebranding haqida fikrlaringizni yozib qoldiring, eng yaxshi savol egalari voice chatda spiker sifatida ishtirok etishi mumkin.

Bugun 20:30 da ko’rishamiz!)

Voice chatga havola: https://t.me/jahongir_pulatov_blog?livestream