Get Mystery Box with random crypto!

SEVMADING SEN... Sevmading sen dili toshim, Dilimga cho'kdi q | O’zlikni izlab!

SEVMADING SEN...

Sevmading sen dili toshim,
Dilimga cho'kdi qo'rg'oshin.
Ko'zimdan toshdi - ko'zyoshim,
G'amkash buloq sevmish meni.

Sevmading sen yetolmasdan,
Senga termuldim olisdan.
Haddan ziyoda yolg'izman,
Netay tuproq sevmish meni.

Sevmading sen, ay yuragim,
Xazon tushgan may yuragim.
Qandoq ovutay yuragim,
Keksa yaproq sevmish meni.

Sevmading sen, atirgulim,
Sevgi asli nadur, gulim.
U singan ignadur, gulim,
Singan chaqmoq sevmish meni.

Har qadamda xatar bergan,
Har yutumda zahar bergan.
Suyganiga dardlar bergan,
Tangrim ko'proq sevmish meni.

Iqbol Mirzo