Get Mystery Box with random crypto!

​​Suratda 2017-yilda davlatga xiyonat qilishda ayblanib, 11 yi | Shunchaki.. 🍃

​​Suratda 2017-yilda davlatga xiyonat qilishda ayblanib, 11 yilga qamoq jazosi tayinlangan sharqshunos olim Andrey Kubatin.

Apellyatsiyadan soʻng bu muddat 5 yilga tushirilgan. Bu orada Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari va Kubatinni tanigan dunyodagi yirik boshqa olimlar bu ish uyushtirilganini aytib, prezidentga murojaat qilgan. 2019-yil 26-sentyabr kuni u toʻliq oqlanib ozodlikka chiqqan. Biroq, 2020-yil 29-oktyabrda u koronavirusdan vafot etdi.

25-yanvar kuni marhumning nohaq qamalgani, unga nisbatan oshirilgan bosim, oilasiga yetkazilgan maʼnaviy zarar yuzasidan sud boʻlib oʻtdi. Maʼnaviy zararni undirish boʻyicha daʼvon uning opasi kiritgan. Maʼnaviy zarar miqdori 3,5 milliard soʻm.

29-yanvar kuni esa sudning ikkinchi kuni boʻlib oʻtdi. Sud maʼnaviy zararni undirish daʼvosini rad etdi. 2,5 yil nohaq oʻtirib chiqqan olim va uning oilasiga yetkazilgan maʼnaviy zarar yuzasidan sud shu tarzda yakunlandi.

Savol tugʻiladi: Maʼnaviy zarar nimadan kelib chiqib hisoblangan?

Maʼnaviy zarar marhum olimning 2,5 yil qamoqda oʻtirgan davridagi oylik ish haqlari, turli ilmiy ishlari uchun toʻlangan moddiy ragʻbatlantirishlar, shu davr davomida qamoqxonaga olib borilgan dori-darmon va kiyim-kechaklar, olimning yaqinlari tomonidan yuzlab davlat tashkilotlariga arz qilish uchun ketgan yoʻlkira va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda hisoblangan.

Yana bir savol: Bunga qadar olim va uning oilasiga nisbatan yetkazilgan moddiy zarar undirib berilganmi?

Klara Saxarova (olimning opasi)ning aytishicha, u 2020-yilda Oʻzbekiston harbiy sudiga 560 mln soʻm miqdorida moddiy zararni qoplash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan.
Lekin sud uning daʼvosini qisman qanoatlantirib, sud xarajatlari uchun sarflangan 462 ming soʻmni undirish toʻgʻrisida qaror chiqargan.

Oʻzbekiston va turkiylar tarixini oʻrganishda katta hissa qoʻshgan insonning oilasiga 462 ming soʻm unidirib berildi. Bu pul aslida oddiy bir talabaning stipendiyasiga teng.
2,5 yil nohaq qamoqda oʻtirgan shunday olimga va uning oilasiga undirib berilgan pul miqdorini qarang)

Xullas, olimning oxirati obod boʻlsin..