Get Mystery Box with random crypto!

#Hikoyalar 8 SEKUNDLIK 8 HIKOYA Jahon adabiyotida nisbatan | Shunchaki Muxtorbekdan

#Hikoyalar

8 SEKUNDLIK 8 HIKOYA

Jahon adabiyotida nisbatan yangi yo’nalishlardan biri bu flesh-fikshndir (flash-fiction). Gapni ko’p cho’zmasdan, quyida sizlarga 8ta eng qisqa hikoyalarni taqdim etmoqchiman.

Qalbda kuchli og‘riq bilan u darvoza oldida marmarga yozilgan birgina so‘z – “yashaydi” o‘rniga “yashagan” deb yozib qo‘ydi.

Tanish ovoz “boshqa joyga tushdingiz” deb telefonidagi qizil tugmani bosdi.

Eng kichik tobutlar – eng og‘ir tobutlar.

Dunyodagi birinchi aql va sezuvchanlikka ega sentiel robot: “Iltimos, meni o‘chirib qo‘ying.”

Bugun onamga yana o‘zimni tanishtirdim.

Pachaq bo‘lib, oynasi mayda parchalangan mashina orqa oynasidagi yozuvni amallab o‘qidim: “Men endi otaman!”. Mashinani g‘ildiragi hali ham aylanib turibdi, uni bezagan sharlar osmonga uchib ketmoqda.

Bugun yaxshi ko‘rgan qizimni ko‘rdim. Uning to‘yida.

Bolalar oyoq kiyimi sotiladi. Kiyilmagan.


Muxtorbekdan Birchimdim