Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyat haqida Nima deb boshlashni bilmadim, toʻgʻrisi. | Shukurullo Turdiboyev

Muvaffaqiyat haqida

Nima deb boshlashni bilmadim, toʻgʻrisi. Bir inson qanaqadur algoritm ishlatib muvaffaqiyatga erishsa, katta ehtimol bilan yuz, minglab insonlar xuddi shu algoritm bilan ham muvaffaqiyatga erishmaydi. Masalan biz B.Geyts, C.Ronaldu, M.Tyson lar yoʻlidan yursak, albatta biz ham muvaffaqiyatga erishamiz deb oʻylaymiz. Buni inkor qiluvchi tomonini oʻylab ham koʻrmaymiz. Chunki shu yoʻldan yurib ham muvaffaqiyatga erishmagan odamlarni koʻrmaganmiz, tanimaymiz (chunki ular mashhur emas).

Agar siz boy insondan qanday qilib boylikka va muvaffaqiyatga erishganini soʻrasangiz, katta ehtimol yoshligidan tirishqoq, intiluvchan boʻlganini, boshqalardan ajralib turishini, rosa koʻp harakat qilgani haqida aytib beradi. U hammasini oʻzi uddalagan, oʻz hayotini oʻzi qurgan boʻlib chiqadi.
Lekin muvaffaqiyatli inson oʻzining muvaffaqiyatining asl sababini bilmas ekan va men bilaman deb oʻylarkan (psixologik tadqiqotlarga koʻra)

Demak tadqiqotlarga koʻra muvaffaqiyatning aniq bir sababi mavjud emas... nimaaa?

Siz qanday fikrdasiz, muvaffaqiyatning asl sababi mavjudmi?

P.S ushbu post mnemonist Dovranbek Turdiyev videodarslaridan foydalanib yozildi.