Get Mystery Box with random crypto!

Shukurullo Akramov | Text Blog

Telegram kanalining logotibi shukurullo_akramov — Shukurullo Akramov | Text Blog S
Telegram kanalining logotibi shukurullo_akramov — Shukurullo Akramov | Text Blog
Kanal manzili: @shukurullo_akramov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39
Kanalning ta’rifi

✓ O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy
Kommunikatsiyalar universiteti talabasi
✓ Najot Ta'lim o‘quv markazining SMM PRO kursini tamomlagan
Shukurullo Akramovning shaxsiy matnli blogi!

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-22 14:57:50 Internet tarbiyani buzmaydi

Internet - bu sun'iy ong. U sizning aslingizni qanday ekanini anglay oladi.

Buning natijasida, siz xohlaysizmi, yo‘qmi internet orqali o‘zingiz kabilar jamoasiga avtomatik tarzda qo‘shilib ketasiz. Va shu jamoa sizni "tarbiya" qiladi.

Internetni cheklash, o‘zlikni asl holida asrab qolish uchun samarali yechim emas.

Aslida berilmagan tarbiyani buzishni ham imkoni yo‘q.

Siz axborot asrida yashayotgan ekansiz, o‘zingizni va oilangizni, uning salbiy ta'siridan muhofaza etishni istasangiz, o‘zingiz va yaqinlaringiz ongida axborot xurujlariga qarshi immunitet shakllantirishni o‘rganing!

Maktabdagi 4 sinf darsligida aytilishicha odobni odobsizdan o‘rganish mumkin ekan.

Ammo, oqni qoradan, qorani esa oqdan ajrata olmaydigan insonning tarbiyasi, faqatgina onlayn emas, oflayn hayotda ham xavf ostidadir.

http://t.me/Shukurullo_Akramov
85 viewsedited  11:57
Ochish/sharhlash
2022-06-17 19:33:22 Oxirgi paytlarda juda g‘alati bo‘lyapman. Yo dunyoga sig‘mayapman yo tanamga.

Bezovta ruh siqilgani-siqilgan, shundoq ham xasta bo‘lib ulgurgan qalb ham o‘rtangani o‘rtangan.

Ammo afsus yorila olmayman. Nima qillay Robbim shunday yaratgan.

Sabrni ham, shu qadar keng qilib berdiki, toqatsizlik qilishga hayo qilasan kishi.

Nima bo‘lganda ham, yaqinlarimning mehridan va O‘zining muhabbati taftidan mosuvo qilmasin. Ilohim

Barchangizni O‘zining panohiga topshirdim.
102 viewsedited  16:33
Ochish/sharhlash
2022-06-17 04:13:25 Bir vaqtlar eshitgandim

Bir guruh Yevropalik, mana man degan, olimlar muqaddas kitobimiz qur'oni karimdan yillar mobaynida xato izlab, axiyri "Naml surasi 18-oyatdagi Sulaymon alayhissalom qo'shini va chumoli qissasi" dan xato topdik, deb jar solishibdi.

Ushbu oyatda shunday deyiladi:
Toki, ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: "Ey chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan parchalab yubormasinlar", dedi.

Olimlar, ushbu oyatdagi "Parchalamoq" fe'li noto'g'ri qo'llanganini, bu fe'l "Sindirmoq" fe'li bilan turdosh bo'lib, uni faqatgina jonsiz, qattiq, kristal jismlarga nisbatan qo'llash mumkinligini, chumoli jonli hasharot va uning organizmi parchalanmasligini aytishibdi.

Oradan bir yil o'tar-o'tmas, Avstraliyalik boshqa olimlar, ularni qur'ondan xato topdik, deb o'zlari yanglishganliklarini, chumoli tanasining 2/3 qismi "Kremniy oksidi", ya'ni shishadan iborat ekanini isbotlashibdi.

P.S.
Mana shunaqa do'stlarim Muqaddas diynimiz bo'lmish, Islom haq dindir. Kitobimiz qur'oni karimni esa bugunga yetib kelguniga qadar, birorta harfi ham o'zgarmagan.

Bizlarga eng oliy maqomga ega bo'lgan dinga e'tiqod qiluvchi, musulmon bandalari qatorida yaratgan zot, Parvardigorimiz Alloh taologa hamd-u sanolar va shu dinni bizlargacha yetib kelishining asosiy sababchisi, Payg'ambarimiz Muhammad S.A.V. ga durud-u salovotlar bo'lsin!

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!

http://t.me/Shukurullo_Akramov

Boshqalarga ham ulashing!
1.8K views01:13
Ochish/sharhlash
2022-06-10 12:33:38 Yer nima uchun dumaloq ekanini bilasizmi?

Bu olam sir-u sinoatlarga boy va har bir, shunday sirlar ortida Allohning ilmi, qudrati yashiringan bo‘ladi.

Olamga kreativ emas, boshqacha nigoh bilan qaray olish, kishini tafakkuri sayqallanishiga va Robbisi qudratining chek-chegarasi yo‘q ekanini xargiz anglay bilishga chorlaydi.

Endi esa navbat fikr yuritishga

Dunyo nima uchun dumaloq? Axir Yaratgan zot, uni piramida, kub yoki tsilindr ko‘rinishida ham yaratishi mumkin edi-ku.

Darrovgina, ey ahmoqmisan? Dumaloq bo‘lmasa qanday qilib o‘z o‘qi atrofida aylanadi? Qanday qilib har bir qismiga qugosh nuri bir xil tushadi? deb o‘zingizcha fakt keltirmang!

Chunki, Alloh barchasiga qodir zotdir. U bo‘l deyishligi bilan hamma narsa bo‘ladi. Garchand bizning ongimiz tasavvuriga sig‘dira olmasada.

Mening fikrimcha bu yerda ham, Alloh bizlarni, tafakkur qilishga chorlagan va ibrat olishimizni istagan. Ya'ni qanday deysimi?

Unda o‘ylab ko‘ring! Yer yuzida agarda siz o‘zingiz hohlagan nuqtani belgilab, unga nisbatan parallel tekis chiziqda harakatlansangiz, aylanib o‘sha belgilangan joyni qarshisidan chiqasiz.

Ya'ni, huddi ipning ikki uchi bir joyga birikkandek, bo‘ladi.

Bu shuni anglatadiki, kelgan joyimiz ham, ketar joyimiz ham, birdir. Yer agar soat bo‘lsa insoniyat o‘sha soatning milidir

Soatdagi 00:00 bizning ruhimiz Allohning huzuridan foniy olamga ko‘chishi (ya'ni tug‘ilish) va shu olamda belgilangan umrni yashab bo‘lgach yana o‘ziga qaytishimiz (ya'ni o‘lim) sathi hisoblanadi.

Anglash joiz bo‘lgan narsa shuki, bizning hayotimiz boshlanishi va tugashi bir makonga ulangandir.

U makonni esa odamlar Dor-ul Baqo deydilar.

Bugungi Juma-dul ayyomning saodatidan, Allohimdan barcha taqvoli, Robbisi va Payg‘ambari (s.a.v) ni qalbdan, chin muhabbat bilan, sevadigan insonlarning Dor-ul Baqodagi hayoti go‘zal bo‘lishligini so‘rab qolaman.

Muborak Juma-dul ayyom Hajjul masokin barchaga hayrli bo‘lsin!

http://t.me/Shukurullo_Akramov

Qayta o‘qisangiz, yana ham te'ranroq anglaysiz InshaAlloh!
118 viewsedited  09:33
Ochish/sharhlash
2022-06-08 00:13:44 * Bir kursdosh ukamizning dardlari. O‘qib chiqib munosabat bildirsangiz, balki fikrlar to‘g‘ridir.





Тепамизда турманг, ёнимизда туринг, таянч бўлинг.

@Abdukarim_Mirzayev нинг Осмондаги Болалар лойиҳасида берган интервюсини томоша қилиш давомида Темур аканинг « Нега биз миллат ўлароқ ривожланмаяпмиз, ёшларимизда илмга бўлган иштиёқ нега йўқ » деб берган саволларига Абдукарим аканинг берган жавоби мени хотиралар денгизига чўктириб юборди.

Ва шу мақолани ёзишга, аниқроғи ичимдаги йиғилиб қолган гапларни ёзишга қарор қилдим.

Ўзим Қашқадарёнинг Туркманистонга чегарадош қишлоқларининг бирида туғилганман.
Ўрта мактабда 2 йил ўқиганимдан сўнг Нишон туманида ихтисослаштирилган мактабда ўқидим, кейин Самарқандда, сўнг эса Қарши шаҳрида ўқиб, охири Тошкентга ўқишга кирдим.

Шу ўтган бир лаҳзалик умримни хотирлар эканман, эришганларимга акаларимнинг (бизда отанинг укаларини шундай аташади) ҳиссаси беқиёс.
Мени ҳар доим қўллаб, ёрдам бериб келишган. Шу сабабли бир неча ўн йиллардан бери яхши бир кадр чиқармаган бизнинг қишлоқда, мен биринчи бўлиб пойтахтга ўқишга кирдим.

Аммо қишлоқда
мендан кўра қобилиятлироқ, шижоатлироқ йигитлар, қизлар бор эди.

«Улар нега ҳали ўз йўлини топа олишмади» деб, бир неча кунлар ўйлаб юрдим.

Қишлоқ ҳаётини, одамларини бирма-бир таҳлил қилиб чиқдим. А
дашмасам 80 фоизи ишсиз, бирор тайинли жойда ўқимаган чорвадорлар эди.

Ўша «қобилиятли» йигит-қизлар эса уларнинг фарзандлари эди.
Қи
зиғ-а!

Ўша бизнинг қолоқлигимизга ҳам шу ота-оналар, шу қон-қариндошлар айбдор эмасми?!

Қўлинга китоб олсанг, «Китоб ўқиб, шаҳар оберармидинг» деб қаршилик кўрсатган, бирор иш қилмоқчи бўлсанг, « ёш бола гапга аралашмайди» деб, жеркиб берадиган ота-оналар эмасмикин.

Бу эскилик тарафдорларига қандай чора қўлласак бўлади.

Тўғри бошидан кўп оғир замонлар ўтди. Қанчадан қанча мусибатлар ўтди. Лекин ўша мусибатларга илмсизлик, қолоқлик сабаб бўлмадими?!
Таналарига ўйлаб кўрмайдиларми?

Айтаман десам, гап кўп.
Буларни ўқиётган, ҳурматли обуначилар, ёш бўлсангиз ҳамма нарсани йиғиштириб, илм олинг, тажриба йиғинг, дунёни кўринг, ўз қобиғингизга ўралиб қолманг.
Ёши катта бўлсангиз, илтимос, биз ёшларнинг бошимизда турманг, ёнимизда туринг, таянч бўлинг.

Бу қолоқлик авлоддан авлодга ўтадиган бир касаллик. Кимдир уни даволаши керак.

Мени айтди дерсиз.

https://t.me/moslemsblog
88 viewsedited  21:13
Ochish/sharhlash
2022-06-07 18:05:18 Qisqa yozishga harakat qilaman-ku, lekin yetkazmoqchi bo‘lganlarim katta ma'lumotda. Shuning uchun erinmaysizlar deb umid qilaman!
57 viewsedited  15:05
Ochish/sharhlash
2022-06-07 18:03:06 2-qism Eshak voqeasi

Namozni ammallab o‘qigach, u kishi o‘ziga o‘zi dedi, obbo shu qurg‘ur eshak bir kun boshimga ortiqcha tashvish bo‘lishidan qo‘rqib yurardim, o‘zi.

Uyda dala-tuzga yaraydigan eshagini egarladida. Yo‘lga tushdi.

Tong qorong‘usida ko‘chasidagi ariqdan suv tashib, ko‘chat sug‘orayotgan qo‘shnisi ko‘rib qolib, ha qo‘shni kallai-saharlab, tinchlikmi, dalaga yo‘l oldingizmi? Muncha erta? deb savol bilan yuzlandi.

Eh qo‘shni ko‘rmaysizmi? Kecha Imom mavizasida "Eshak hangrasa tahorat sinadi" deb aytdi shunga shu dardisarni dalaga tashlab kelmoqchiman.

Ahir har namozga tahorat yangilashni o‘zi bo‘lmaydi-ku, hozir yoz yana ham qishni gapirmasa ham bo‘ladi.

Adashmasam siz ham bor edingiz. Eshitmadingizmi?

Obbo qo‘shni-ye, veey bir ajoyib odamsizda o‘zingiz ham. Mavizani boshidan oxirigacha eshitmadingizmi, o‘zingiz?

Oxirigacha...? Ha!

Imom domlamiz quyidagicha maviza qildilar:

Assalomu alaykum! Hurmatli jamoatimiz. Bugun bir masala to‘g‘risida maviza qilmoqchiman. Kecha menga bir kishi savol bilan yuzlanib qoldi.

Bu mavzu ayni dam bizning qishloq ahli uchun ham manfaatli bo‘lsa kerak deb o‘ylab qoldim.

Hullas, u kishi tirikchilik qilish maqsadida cho‘ldan saksovul terib sotar ekan. Bir kun yiqqan saksovullarini eshagiga ortib yo‘lga hozirlanmoqchi bo‘libdi.

Kech tushgan shom vaqti yaqinlashgan, uyga yetib borgunicha shom namozi qa'zo bo‘lishi mumkin. O‘sha yerni o‘zida namozini o‘qib olishga qaror qilibdi.

Hayriyat-ki meshda tahorat uchun deb, har ehtimolni inobatga olib suv asrab qo‘ygan ekan.

Ortilgan saksovul tagida meshni olmoqchi bo‘lgan ekan, eshak nimadandir hurkib ketib qocha boshlabdi.

Biroz quvlabdi. Ammo yeta olmabdi. Nachora tayammum qilib tahorat olib shom o‘qibdi.

Mendan so‘radiki, shu holatda domla namoz durustmi? dedi.

Aytishim kerakki, bizning qishloq ovulimizda dehqonchilik bilan shug‘ullandigan kishilar ko‘p.

Shuning uchun e'tibor qarating! Agar siz bilan ham shu kabi holat yuz bersa. Bir chaqirimi masofaada suv manbai topilmasa, tayammum qilib namoz o‘qish joiz bo‘ladi.

Ammo o‘sha birodarimizning holatida bo‘lsangiz, agar eshagingiz hangrasa ovozi eshitiladigan masofada bo‘lsa, unda tayammum qilish durust bo‘lmaydi.

Hullas eshagingiz hangraganini eshitsangiz tahoratingiz buziladi, deb aytdilar.
Qo‘shnijon!

E shunaqa deng, ha men ahmoq o‘ylab ham ko‘rmay, eshitganimga amal qilib ketaveribman. Sal qolsa boshqa hamqishloqlarni oldida rosa kulgiga qolay dedim-a.

Qo‘shnijon mingdan ming rahmat sizga!

E qo‘ysangizchi, salomat bo‘ling!



Bu mavzuda post yozishimdan maqsad, bugungi kunda shov-shuv va qichima mish-mishlar orqali odamlarni e'tiborini jalb qilib, yuritayotgan kanal va bloglarining qamrovini kengaytirishni maqsad qilgan kimsalar ham ko‘payib qoldi.

Har qanday yangilik yoki ma'lumotni internet yoki ijtimoiy sahifalardan eshitsangiz. Uning rasmiy xabar ekanligiga oydinlik kiritmay turib, o‘zingizga singdirib olmang!

Chunki, bunday vaziyatlar hayotingizda ayrim muammolarga sabab bo‘lishi mumkin!

P. S.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin-ki, bizning millat eng kuchli aqliy salohiyatga ega xalqlardan. Biz albatta har bir olgan ma'lumotlarimizni o‘zimiz oqilona tafakkur qilgan holda tahlil eta olamiz va unga tanqidiy munosabat bildira olamiz!

http://t.me/Shukurullo_Akramov

Boshqalar ham voqif bo‘lishi uchun ulashing!
56 viewsedited  15:03
Ochish/sharhlash
2022-06-07 14:31:22 Mutaassiblik - o‘zi nima?

Bu so‘z juda unchalik qiyin ma'noga ega emas aslida.

Mutaassiblik-bu eshitganiga ko‘r-ko‘rona ergashish. Ya'ni kim nima desa ishonib, ergashib ketaverishni anglatuvchi termin hisoblanadi.

Uning ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Kecha kuni bo‘yi qorga terga botib ishladim. Ammo bugun zarur ishlarim borligi sabab barvaqt turib tayyorgarlik ko‘ra boshladim.

Yuz qo‘llarimni yuvdim, afsus shampun tugab qolgan ekan, sochlarimni shunchaki tarab chiqishga to‘ri keldi.

Soch jonivoram rosa moylanibti, uni ustiga taroq ham, bosh terimni traktor dala maydoniga ishlov berganday, bir qirtishlagandi...



.... rosa kepak ajaradi. Qoplab olib sigirlarimga olib borib berdim. Yelining sutga to‘lgurlar rosa mazza qilib yeyishdi. Uch bosh sigirimni shu kepak bilan 3 kun boqdim, Hudoga shukur.


Agar e'tibor berib o‘qigan bo‘lsangiz, bu gaplar huddi afandini jaydari loflariga o‘xshaydi. Ammo bu matnda 3 yulduzcha o‘rnida besh, olti qator gap tushib qolgan.

U jumlada shunday deyilgan edi:

*taroq oralari o‘lik terili kir bilan qoplandi. Bir narsa qilib o‘zimni sal epaqaga keltirdim.

O‘sha zarur ish deganim. Kecha fermer bu hafta yaxshi ishlaganim uchun meni rag‘batlantirib, bir yarim qop bug‘doy bergandi.

Shuni tegirmonga olib borib yanchidim. Barakasini berib bir qop un eladim. Undan tashqari kepagi ham barakali ekan,
*

To‘g‘ri men aslida murakkab misol keltirdim.

Biroq, bugungi kunda shu ko‘rinishdagi suhbatni to‘liq yoki oxirigacha eshitmay turib, manashu ko‘rinishda shov-shuvga aylantirish hollari ham uchrab turadi.


<$$$>


Bir ahli ilmdan eshitgandim. Shunga o‘xshash holatlar, shar'iy masalalarda ham uchrar turar ekan.

Bir kuni masjidda imom xufton namozidan keyin odamlarga biroz maviza qilibdi.

U cho‘ldagi musofir haqida edi. Bir kishi dunyoviy hayollar bilan chulg‘anar ekan. Imomning mavizasini bir qismi uzuq-yuliq qulog‘iga o‘rnaganini sezdi.

Jamoat tarqadi. O‘sha kishi ham uyiga qaytdi va ertasi kuni tongda, bomdod namozini o‘qiyotib, hayolidan imomning kecha qilgan mavizasi o‘tdi.

U quyidagi gaplarni eshitgandi:

Hullas eshagingiz hangraganini eshitsangiz tahoratingiz buziladi.

( 1-qism tugadi.)
46 viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2022-06-05 05:10:09 Umr

Vaqtingni behuda, bekorchi ishlarga sarf qilayapsan. Ammo bunday yashashdan o‘zingni tiya olmayapsan to‘g‘rimi?

Unday emasmi? Demak, to‘g‘ri yashayapsan

Ammo hammasi men aytkandek bo‘lsa, sen isrof qilayapsan. Ha-ha, butun dunyo boyligini bersang ham, qaytib kelmaydigan, har bir soat, har bir daqiqa, kerak bo‘lsa, har bir soniyangni isrof qilayapsan.

Nafsingni mag‘lub qilishga quvvating yetmayaptimi?

Unda o‘zingni quyidagicha tanqid qil! O‘zingga savol ber:
• hoy sen nima qilyapsan?
• qayerdasan?
• kim bilansan?
• vaqtingni qanday o‘tkazayapsan?
• qanday o‘tkazishing kerak o‘zi?
• necha yoshni qoralading?
• ....yil umringni shunday o‘tkazib yuborganing uchun o‘zingdan rozimisan?
• so‘ngi savol hozir qandaysan, boymisan kambag‘almisan, baxtlimisan, baxtsizmisan, qudratlimisan, qudratsizmisan, kim yoki qanday ekaningdan qat'iy nazar, shunday ortingga o‘girilib eshikni ochib o‘tmishingga, hech bo‘lmaganda kechagi kuningga qayta olasanmi? Kecha qilgan xatolaringni to‘g‘irlab qo‘ya olasanmi?

Yo‘qmi? Unda nima uchun bunday qilayapsan? Yoki abadiymisan? Seni qo‘lingga hech qachon o‘lim sharbati quyilgan finjon tutqazilmaydimi?

Bir narsani unutma! Kompyuterga ulanadigan flesh-kartani ichiga qancha va qanday ma'lumot yuklagan bo‘lsang, bir kun maxsus dasturdan foydalanib o‘sha ma'lumotlarni qayta tiklab olib, nimalar qilganingni nimalarni ko‘rganingni bilib olish mumkin.

Ya'ni ushbu xotira kartasi, seni, u orqali qilgan har bir harakatingni, o‘zida saqlab boradi, o‘chirib yuborsang ham. Va bir kun u qayta tiklansa, sen qanday inson ekaningni so‘zlab beradi.

Miyyang ham shundaydir, u sen haqingda kitob yozib borayapti. Bir kun shu kitob o‘zingga o‘qittiriladi, hammaga eshittirib, ifodali qilib o‘qiysan. Ishonaver!

O‘sha kun uyalib, daxshatga tushib qolmasligingga aniq ishonasanmi?



<§>



Bilasanmi? Umr-bu yo‘l! Arqon kabi uning ham ikki uchi bor. Lekin o‘sha ikki uchi ham bir joyga, ya'ni boqiy olamga ulangan.

Sen shu yo‘lning qayeridadir turibsan. Oyoqlaring ostida qandaydir supacha, u seni oldinga beixtiyor harakatlantirib boradi.

Qarshingdagi yo‘lni oxiri ko‘rinmaydi. Shu sababli sen o‘lim haqida o‘ylamaysan. Ammo, shu bilan birga ortga o‘girilmaysan ham.

Ehtimol hozir qarayotgandirsan. Agar shunday bo‘lsa, orqangda seni bir eshik ta'qib qilayotganini ko‘rasan.

U ortingdagi yo‘ldan seni to‘sib turadi. Aslida sen hohlasang ham, ortga harakatlana olmayasan. Sababi oyoqlaring tagidagi supa faqat oldinga harakatlanadi. Odamlar uni vaqt deb atashadi.

Ortingdagi eshik esa oynavand. Lekin unda ushlab ochish uchun, na tutqich va na kalitini topsang, solib ochish mumkin bo‘lgan teshik bor. U doimo yopiq ammo undan ortingdagi hayoting ko‘rinadi. Uzuq, yuliq. Chunki, xotirang, senga irodang qabul qila oladiganinigina ko‘rsatishga qodir.

Hullas kalom, o‘sha oynadan o‘tmishinga qarab boqqaningda, u yerda, balki yaxshi amallaring bisyor bo‘lsa, go‘zal manzarani ko‘rib rohatlanasan, yoki yomon amallaring ko‘p bo‘lsa, u yer huddi, jangdan qolgan maydondek, tutab yotganini ko‘rib, ruhan azoblanasan. Agar qarasang albatta!

Ammo istaysanmi yo‘qmi keksaygan vaqtingdan, ortga ko‘proooq qaraydigan bo‘lib qolasan. Chunki, ichki ovozing yo‘lni oxiri yaqinlab qolganini bot-bot eslatib turadi.

Lekin u vaqtda, ortga qaraganingda, juda ko‘p masofani bosib o‘tib bo‘lganingni his qilib, yanada ko‘proq g‘am chekasan.

Ammo afsuski huddi hozirgidek o‘sha eshikni ocha olmaysan.

Faqatgina unga qaraganingda, o‘z o‘tmishingni o‘zingga, huddi televizor kino ko‘rsatayotgandek, ko‘rsatadi. Yirik planda.

Endi esa, o‘zing hal qil! Buguningni shu zayl o‘tkazganingga ertaga afsuslanmaysanmi?

http://t.me/Shukurullo_Akramov

Aytkancha, Obuna bo‘lish be pul!
1.0K views02:10
Ochish/sharhlash
2022-06-02 19:52:27 Dunyoga turli tarafdan qarash

Insonlar turli xil. Ba'zilar faqatgina hammaga ayon bo‘lgan narsalarnigina ko‘ra oladi.

Ba'zilar esa siz-u biz ko‘ra olmaydiganlarini ham ko‘ra oladi.

Hullas kalom gapni cho‘zib o‘tirmayman. Kechagi maqolni biz ko‘ra olmagan ma'nosini keltirib o‘tmoqchiman.

Yuqorida ta'kidlangan maqoldagi "Kalit so‘zlar" ni boshqasiga o‘zgartiramiz. Masalan:
• O‘rmon=>Oila;
• O‘t ketsa=>Darz ketsa;
• Ho‘l-u quruq=>Katta-yu kichik;
• Yonadi=>Sinadi;
• Daraxt, meva=>Ota-ona, farzand
.

Shunda maqolimiz hayotiy fakt ko‘rinishiga keladi.

* O‘rmonga o‘t ketsa, ho‘l-u quruq baravar yonadi. (Daraxt ham, meva ham)

* Oilaga darz ketsa, katta-yu kichik baravar sinadi. (Ota-ona ham, farzand ham)

Qale, zo‘rmi? Так что shunaqa gaplar.

Yoqqan bo‘lsa ulashish esdan chiqmasin!

http://t.me/Shukurullo_Akramov
1.0K viewsedited  16:52
Ochish/sharhlash