Get Mystery Box with random crypto!

Kechagi kun (o'tmishga) Bugungi kuningizni ikki narsa vayron | Shukurov's blog

Kechagi kun (o'tmishga)

Bugungi kuningizni ikki narsa vayron qiladi.

Birinchisi o'tmishni eslab pushaymon bo'lish.

Ikkinchisi kelajak haqida o'ylab qo'rqish va qayg'urish.

O'tmishni eslab siqilish, g'am bo'lish bu ahmoqlik. Bu irodasizlikdan. Naqd bo'lib turgan bugungi kunni zoye qilish.

Aqlli insonlar
o'tmish papkasini yopadi. Qayta ochmaydi. Uni unitishlik zindoniga berkitib tashlaydi. Uni arqonlar bilan mahkam bog'lab beparvolik zindoniga uloqtirishadi. Uni ustiga tuproq tortiladi. Unga hech qachon nur yorug'lik yetmaydi. U uyerdan hech qachon chiqmaydi, chunki o'tgan narsa o'tdi-ketdi

O'tgan ishlar uchun xafa bo'lish o'sha ishlarni ortga qaytarib bermaydi. Siqilish uni tuzatib qo'ymaydi. G'am qilish uni isloh qilmaydi. Eslab qayg'urish ularni tiriltirib bermaydi. Chunki endi u yo'q.


Yo'qlik soyaboni tagida qolishlik aqldan emas. O'tmish sharpalaridan o'zingizni qutqaring.

Siz daryoni orqasiga qarab oqishini xohlaysizmi? Quyoshni chiqqan joyiga qaytib botishini xohlaysizmi? Yomg'ir tomchisini osmonga qaytib chiqib ketishini xohlaysizmi? Ko'z yoshini qaytib ko'zga kirishini xohlaysizmi?

O'tmish daftarini varoqlash omonatga berilgan vaqtni zoye qilishdir.

Eshshakdan so'rashibdi.
- Nimaga kavshanmaysan
- Yolg'onni yomon ko'raman

Ya'ni chaynalib yutib bo'lingan narsani qaytadan olib kelib yana chaynashni nima keragi bor.

Musibatimiz bugungi kunimizni isloh qila olmaganimiz uchun o'tmish haqida ko'p gaplashamiz.

O'tmish ibrat, namuna uchun kerak ammo o'tmish bilan yashalmaydi.

O'tmish kimning ovozini bug'ib turgan bo'lsa bas bu inson kelajakka hitob qila olmaydi. Faqat o'tmishini o'ylab siqilib o'tirgan inson kelajakka bir qadam ham qo'ya olmaydi.

Bugungi kunida quvonchni topa olmagan inson, o'tmishga takror va yana takror qaytaveradi.

Xo'sh siz ham shunday insonmi?


Odamlar orqaga qarab emas oldinga qarab yuradi. Shamol oldinga qarab esadi. Suv oldinga qarab oqadi. Bu hayotning sunnati. Unga teskasi yurmaslik kerak.

Tinimsiz orqaga yurgan odam albatta yeqiladi.

Agar o'tmish sizni qo'yib yubormayotgan bo'lsa demak u xali siz uchun tugamabdi.
O'tmishni doim o'zingiz bilan olib yurish og'ir yuk. Bugungi kun uchun o'tmishni tashlasangiz yukingiz yengil bo'ladi va kelajak uchun sizda kuch paydo bo'ladi.

O'tmish bizga ibrat uchun kerak. Biz o'tmish bilan yashamaymiz. Chunki u o'tdi ketdi

Abdulloh ma'ruzalaridan

Sizga yoqdimi? Demak yaqinlaringizga yoqadi.


Yaqinlaringizga ham jo'natishni unutmang)


Mening blogim
https://t.me/Shukurov_blog