Get Mystery Box with random crypto!

Birovni haqqi harom narsa haqida Blog yuritishda ancha tajrib | Shukrulloff

Birovni haqqi harom narsa haqida

Blog yuritishda ancha tajribam bor bunda bir yarim yil oldin ikkita katta kanalga post yozib yurgazar edim buni orqasidan oʻziga yarasha daromad ham qilganman.

Shu orada bir odam meni profilimga yozdi.U aytdiki unda Marketolog va bloger Shaha Dolimovni SMM marketing onlayn kursining video screen varianti bor ekan ( Onlayn kursni sotib olgan va screen qilib olgan) shuni menga sotib olishni maslahat berdi.Kursning asldan ikki baravar arzon sotishini aytdi va menga ham bu yoqib tushdi

Men uni sotib oldim koʻrib oʻrgandim oʻzim uchun judda koʻp narsa oldim bilmagan narsalarimni oʻrgandim oʻsha paytda SMM huddi oʻsha kurs judda aktual edi men ham toʻrttda beshta odam bilan gaplashib uni sotishga hech qanday huquq yoki muallifni ruhsatisiz oʻsha kursni men ham sotdim,hammasi shundan boshlandi

Yurgazib turgan kannallarim birin ketin odamlar kamayishni boshladi va kannallarimni sotishga qaror qildim chunki aktivligi judda tushib ketgan edi va boshqa kanaldan ham kelishmovchiliklar bilan ishdan chiqib ketganman va oxirida telegram biznesida hech narsasiz qoldim

Keyin oʻzim boshqa kanal ochib yurgazmoqchi boʻldim lekin oʻxshamadi yani kanal ochdim boshqa kanallarda reklama berdim reklamani ham natijasi boʻlmadi,shunchaki reklamaga ketgan pul xavoga uchdi

SMMni yaxshi bilsam ham birorta ish topa olmadim xullas ishiga xarom aralashganidan keyin hammasi orqaga ketdi.

Hozir boʻlsa oddiy migrantman...

Kanalimiz manzili @Shukrulloff